ooo
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
0‘zbekistc yetakchi o‘ri ham boydir. I yettinchi o‘ri olishni ta’m. dunyoda 11- Respublikami va ochilgan, i tonnadan ort Har yili i yonilg‘i — ga uni boshqa d qazib chiqarr 0‘zbekistond tonnadan ko‘ Sanoati. P metallurgiya, xo‘jalik mahs boshqalar. 10( chiqarish kor> “General Mot< “Gentra”, “Ni to‘la javob b4 Samarqand sh avtomashinala avtomashinalar mashinasozlik < vuksalib boray> 0‘tgan bir 26,3% gacha o sanoatlashayot Respublika
0‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini sanang.
Bu tarmoqlardan qaysi biri iqtisodiyotda yetakchi soha hisoblanadi?
Mamlakatimizdagi ko‘zga ko‘ringan ishlab chiqarish korxonalaridan qaysilarini bilasiz?
Sizningcha, davlat qaysi sohalarga ko‘proq e’tibor berishi kerak?
s
.'I
Iqtisodiyotning qaysi sohasida xususiy sektorning ulushi ko‘proq deb o‘ylaysiz? Qaysi sohalarda kamroq?
Sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarining istiqboli haqida nima deya olasiz?
Respublikamiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishi (integratsiyasi) haqida nimalar bilasiz?
Maydoni. Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrn: tashkil qiladi. Uning 60 foizi qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlardir.
Aholisi. Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimiz aholisi 33 million kishidan oshib ketdi. Ishch kuchi resurslari aholining deyarli yarmini tashkil qiladi.
Tabiiy resurslari. 0‘zbekiston hududida 2700 dan ortiq foyda^ qazilmalarning istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yilig. qazib olinayotgan foydali qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardar ko'pdir.
0‘zbekiston oltin zaxiralari va qazib chiqarish bo'yicha dunyodagi eng yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Respublikamiz yer osti kumushga ham boydir. Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50—60 yil qazib olishni ta’minlaydi. 0‘zbekiston aniqlangan uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda 11- o‘rinni, qazib olish bo'yicha esa 9- o‘rinni egallaydi. Respublikamizda 160
dan ortiq gaz, neft, ko‘mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko‘pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan ortiq neft va gaz kondensati olinadi.
Har yili respublikamizda 50 milliard kub metrdan ortiq zangori yonilg‘i — gaz olinadi. Bu o‘z ehtiyojlarimizni to‘la ta’minlagan holda, uni boshqa davlatlarga eksport qilish imkonini ham beradi. Bir yilda qazib chiqariladigan ko'mir to‘rt million tonnadan ortiqni tashkil etadi. 0‘zbekistonda qidirib topilgan ko‘mirning umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko‘p.
Sanoati. Paxta tozalash,
mashinasozlik, neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya,
energetika, to‘qimachilik, gaz, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash,
elektrotexnika, radiotexnika va boshqalar. 100 dan ortiq tarmoqqa mansub 2200 dan ziyod yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda AQSHning “General Motors” kompaniyasi bilan qilinayotgan hamkorlikda “Tracker”, “Gentra”, “Nexia-3”, “Malibu” va “Spark” rusumli jahon standartlariga to‘la javob beradigan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Samarqand shahrida esa “Isuzu” rusumli o‘rta hajmli avtobuslar va yuk avtomashinalari hamda “MAN” va “KAMAZ” rusumli yirik tonnali yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, 0‘zbekistonda mashinasozlik sanoati yildan-yilga rivojlanib,
jahon andozalariga moslashib, yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
0‘tgan bir yil ichida YalM tarkibidagi sanoatning ulishi 22,2% dan 26,3% gacha ortgan. Bu 0‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori templarda sanoatlashayotganligining tasdig‘idir.
Respublika energotizimning umumiy quvvati 14,15 GVt dan ortiq bo‘lib, bu tizim issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini o‘z ichiga oladi.