www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 129
shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bugungi kunda o‘quvchilarda nutqiy
kompetensiya elementlari –
tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish kabi amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirishga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda.
So‘nggi yillarda til va adabiyot fanlarining o‘qitilishini ta‘limning
barcha
bosqichlarida, jumladan, oliy ta‘lim muassasalarida sifat jihatdan yuqori pog‘onaga
sohasida muayyan ishlar qilindi. Ta‘lim tizimiga innovatsion g‘oya va tushunchalarni
singdirish, o‘qitishning yangicha usul va shakllarini joriy etish, ilg‘or
tajribalarni
ommalashtirish
masalasida
anchagina
yutuqlarga
erishildi.
Ayni
paytda
o‘qituvchilarda faollikka, ijodkorlikka moyillikni kuchaytirish, ta‘lim jarayoniga nafi
tegadigan har qanday yangilikni joriy etish ko‘nikmasini soha vakillarida
shakllantirishga yordam beradigan mustahkam irodani tarbiyalash muhim
vazifaligicha qolmoqda. Ana shunday dolzarb vazifalarning ta‘limda yechimini kutib
turgani soha vakillarining yanada hamjihat bo‘lib ishlashini taqozo etadi.
Ona tili va adabiyot darslariga noan‘anaviy darslarni olib kirish va uni ta‘lim
mazmuniga singdirish, dars o‘tishning yangi-yangi usullarini topish Davlat ta‘lim
standartlari talablarini bajarishga zamin yaratadi. Inson shaxsini har tomonlama
kamol toptirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga
hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda, milliy tilga, o‘z xalqining an‘analariga iftixor hissini
kamol toptirishda ―Ona tili va adabiyot‖ darslarining o‘rni beqiyosdir. Innovatsion
texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar
kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to‘liq
foydalaniladi. Interaktiv metodlar – bu jamoa bo‘lib
fikrlash deb yuritiladi, ya‘ni
pedagogik ta‘sir etish usullari bo‘lib ta‘lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu metodlarning o‘ziga xos xosligi shundaki, ular pedagog va o‘quvchilarning
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Interfaol metodlarning
ko‘pchiligi tajribada yaxshi natija bergan. Keng qo‘llaniladigan usullar – ―Klaster‖,
―Aqliy hujum‖, ―Davom ettir‖, ―Taqdimot‖, ―Blits-so‘rov‖, ―Muammoli vaziyat‖
kabilardan
foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning
o‘tilgan mavzuni so‘rash qismida ―Sinkveyn‖, ―Teskari test‖, ―Aql charxi‖