QANDAY QILIB BOLANI MASALA YECHISHGA O‘RGATISH MUMKIN?
(Ota-onalar uchun tavsiya)
Yunusova Feruza Safarovna
Sirdaryo tuman 5-IDUM boshlang‘ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya:Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan
masalalar yechishning oson va sodda tushuntirishlar orqali bolada
bilim,ko‘nikma va malakani shakllantirish yo‘llari aytiladi.Bugungi kunda
onlayn ta‘limini nazarda tutadigan bo‘lsak, bunday tushuntirishlarni ayniqsa
ota-onalarga tavsiya sifatida berish mumkin.
Kalit so‘zlar: masala,yechim,arifmetik amallar, chizmalar,sharti, savollar,
tasavvur,formula.
Agar bola matematikadan navbatdagi masalani yecha olmasa,sizga birinchi
maslahatim:
Siz chuqur nafas oling va uchgacha sanang.
Siz uchun oson tuyulgan masalani farzandingiz yecha olmasa,bu farzandingiz
savodsiz yoki noshud degani emas.Bunda siz ham,bola ham aybdor emas.
1-bosqich
Siz boshlang‘ich ta‘lim metodikasini bilmaganingiz uchun masalani tushuntira olmay
qiynalasiz.Farzandingiz ham gap nima haqida ketayotganini anglay olmay
asabiylashadi.Bolaning masalani yecha olmasligini birinchi sababi,u masalani o‘qiy
olmasligida yoki sekin,g‘ijjalab o‘qishidadir.Ya‘ni masala matnini bir tekisda
bo‘g‘inlamasdan,sidirg‘a o‘qisa o‘ziga ham tushunarli bo‘ladi.
Ishonavering,o‘quvchilar masalani yaxshu tushunganlaridan keyin,uni 50% ga
yechgan hisoblanishadi.Buning uchun siz kitobga qaramasdan masala matnini
so‘zma-so‘z o‘qib berishingiz kerak.Bolalar tushunmaganliklari uchun ―masala qiyin
ekan‖, ―biz buni o‘tmaganmiz‖ga o‘xshash bahonalarni ayta boshlashadi va o‘zlarini
hech narsaga qodir emas deb o‘ylab,o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari pasayadi.
www.pedagoglar.uz
22-son 4 –to’plam fevral 2022
Sahifa: 211
Agar siz: -yaxshi,qani aytchi masala nima haqida edi,- deb so‘rasangiz,ular ko‘zlarini
javdiratib birinchi qatorini aytib bera oladi xolos.
Shuning uchun sizning birinchi qiladigan ishingiz tushuntirish bo‘ladi.
Masalada oddiy hayotdan olingan matematik hodisa ekanligini,uni yechishdan oldin
o‘sha holatni tasavvur qilshni aytasiz.
Yani,masalada qanday jarayon ketayapti,sotilyapti yoki xarid qilindimi?,kelishdimi
yoki ketishdimi?,qanchasi bajarilgan yoki qanchasi bajarilmaga? va.h.k
Shularni tushuntirayotganingizda uchrayotgan sonlarni yozib borishigiz kerak.Bola
tushunishi kerak bo‘lgan son qayerdan keldi,nimani anglatdi,boshqa sonlar bilan
qanday bog‘liqliq joyi bor.
Eng asosiy bola e‘tiborni masalaning savoliga qaratish lozim.Buning uchun siz
savolni qaytadan so‘zma-so‘z o‘qishingiz yoki undan so‘rashingiz kerak.
2-bosqich.
Bola arifmetik amallarni tushunmaydi ,tabiiyki yecha olmaydi.Asosan bu
ko‘paytirish va bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lsa.Qo‘shish va ayirishni amallashi
mumkin,lekin ko‘paytirish va bo‘lish bir muncha qiyinchilik tug‘diradi.Agar
masalada mana shu ikki hadlar uchrasa ,bolalar birdaniga birinchi uchragan songa
yopishib oladi.O‘zlaricha qo‘shishadi,ayirishadi javob chiqara olmay asabiylashadi.
Shunday paytda siz ―masala qiyin ekan‖,‖men ishlay olmayman‖ degan gaplarni
eshitib qolasiz:
3-bosqich.
Masala sharti.
Boshlang‘ich ta‘limda masalani shartini tuzish,berilgan masalani yana qayta
yozishning keragi yo‘q.O‘qituvchilar masala shartini tuzish muhim deb o‘ylashadi va
buning uchun o‘quvchining bahosini pasaytirib ham qo‘yishadi.Qisqa shartini tuzish
bolani chalg‘itadi. Menimcha,shartini qisqartish unchalik ahamiyatga ega emas,
chunki maslani to‘liq shartiga tushunmagan bola qisqa shartiga tushunarmidi?.
Eng muhimi bola masalani tushunsin va unga yechim topa olisin.
Buning uchun qanday yo‘l qulay va oson?
Do'stlaringiz bilan baham: |