2. Faoliyatning tarkibi
Inson faoliyati juda xilma-xildir: mehnat, pedagogik, badiiy-ijod, ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini kiritish mumkin. Inson faoliyati tarkibini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, faoliyat tashqi ongli dunyoni ongli psixik aks ettirilishida namoyon bo`ladi. Har qanday faoliyatda inson o`z harakatlarini maqsadini anglaydi, kutilayotgan natijani tasavvur qiladi, sharoitni idrok qiladi va baholaydi, bajariladigan harakat tartibini o`ylaydi, irodaviy zo`r beradi, faoliyatning borishini kuzatadi, muvaffaqiyat va mag`lubiyatni o`ylaydi. Faoliyat- bir tomondan, shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo`lish sharoiti, ikkinchi tomondan shu faoliyat sub`ekti bo`lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog`liqdir. Barcha faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni maqsad - motiv - harakatni ajratish mumkin. Maqsad - inson faoliyati so`nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo`ladi va ehtiyojlarni amalga oshirilishidir.
Motiv - kishini faoliyatga undaydi va o`nga mazmun baxsh etadi. Ish-harakat- galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi- ko`pmi uzoq yoki yaqin bo`lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug`iladigan qator juz`iy maqsadlar izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo`ladi. Tashqi olamdagi narsalarning holatini va xossalarini o`zgartirishga qaratilgan harakatlarni ish-harakat deb yuritiladi. Narsalar bilan qilinadigan istagan bir ish makon va zamon bilan bog`liq bo`lgan ma`lum harakatlardan tashkil topadi.
3. Faoliyatni egallash.
Harakatlarning istagan bir tomonlarini ularning motor (harakat), sensor (sezgi) va markaziy komponentlari, ya`ni qismlari deb atash mumkin. Ishni amalga oshirishda bajaradigan vazifalariga muvofiq, ular ishni ijro qiluvchi, nazorat qiluvchi, boshqaruvchi deb belgilanishi mumkin. Bu vazifalarning har birini kishi ongli va ongsiz ravishda bajarishi mumkin. Odam talaffo`z qilmokchi bo`lgan gapning grammatik shakli va mazmuni hamisha ong yordamida oldindan payqab olinadi. Odatda, ishdan ko`zlangan maqsad va shuning bilan birga ishning umumiy xarakteri hamma vaqt anglab olinadi. Masalan, velosipedda ketayotgan odam mutlaqo ongsizlik holatida buning uddasidan chiqa olmaydi. Bajariladigan harakatning ma`lum tomonlari dastavval to`la anglab boshqarishni talab qilinadi, undan keyin ishning bajarilishi ongning ishtiroqini borgan sari kamroq talab qilinadi. Bunday hollarda ishning bajarilishi avtomatlashadi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Ish tuzilishining shunday qisman avtomatlashuvi tufayli o`zgarish imkoniyati quyidagidan iborat:
- Harakatlarni ijro qilish usullarining o`zgarishi. Bundan avval har biri alohida-alohida bajarilgan bir qator ayrim harakatlar bir butun harakat tarkibidagi oddiy harakatlar o`rtasida hech qanday “to`xtab qolish” va tanaffuslar bo`lmaydigan bitta yaxlit aktga aylanadi. Masalan, mashina haydashni o`rganayotgan haydovchi, yozishni o`rganayotgan bola harakatini ko`rish mumkin.
- Ishni bajarishda sensor, ya`ni hissiy nazorat usullarining o`zgarishi. Ishni bajarish ustidan qilinadigan ko`rish nazorati ko`p jihatdan muskul (kinestezik) nazorat bilan almashinadi. Masalan, mashinistkaning hat yozishdagi, haydovchi motor ovozidagi , pulat kuyuvchi metal rangining o`zgarishini farq qiladi.
- Ish-harakatini markaziy boshqaruvchi usullarning o`zgarishi. Diqqat ish-harakatining usullarini idrok qilishdan ozod bo`ladi va asosan ish-amalning hamda natijalarni idrok qilishga qaratiladi. Ayrim hisoblash, qarorga kelish va boshqa intellektual operatsiyalarning tez va birlashgan holda “intuitiv” bajarila boshlaydi. Malaka faoliyat tarkibida o`ziga xos o`rin tutadi. Malaka ish unumdorligini orttirishga vaqtni tejashga, aqliy faoliyatni bir muncha muhimroq narsalarga safarbar qilishga imkon beradi. Malaka quyidagicha hosil qilinadi:
1. Mehnat harakatlari, ularni egallab olishning zarur ekanligi va ahamiyatini anglash.
2. Harakat namunasini esda olib qolish.
3. Malaka namunalarini ko`p marta bajarish, mashq qilish.
4.Izchillik bilan olib boriladigan mashq natijasida harakatlar tezlashadi, xatolar kamayadi.
5. Malaka harakatlarni avtomatlashtirish bilan shakllanadi. Ayrim ortiqcha harakat elementlari tushib qoladi.
Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish ko`nikma deyiladi.
Malaka turli yo`llari bilan ko`rsatish, tushuntirish, ko`rsatish va tushuntirishni qo’shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.
Har bir ko`nikma va malaka odamning o`z tajribasida avval egallab olgan malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malakalarning, ko`nikmalarning ayrimlari kishining ko`nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, boshqa birlari esa halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko`nikmalarni o`zgartirib boradi. Bu hodisa psixologiyada malakalarning o`zaro ta`siri deyiladi. Bir malakaning ikkinchi bir malakaning tarkib topishini qiyinlashtirishi - malakalar interferentsiyasi deyiladi. Masalan, Shvetsiyada ko`cha harakatlarining chap tomondan o`ng tomonga o`tkazilishi ko`plab yo`l transport hodisalarning vujudga kelishiga olib kelgan. Chizmachilik darslarida to`g`ri chiziqni yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga qarab chizishda ham interferentsiyani ko`rish mumkin.
Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta`siri malakalarning ko`chishi yoki malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo`lgan ko`nikmani, fizikada qo`llash mumkin.
Faoliyatning yana bir qismi odat bo`lib, ko`nikma va malakalardan hech qanday samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi. Odat odam tomonidan beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo`naltirilmagan holda amalga oshiriladi.
Ba`zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va kerakli harakatlar bo`lmasligi mumkin.
Odamning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va taraqqiyoti bilan bog`liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida ayni choqda ong tarkib topishi va taraqqiyotining asosi hamda ong mazmunining manbai bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi va shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi.
Odamda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo`lishi va taraqqiyoti juda murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning faolligi uning kamoloti davomida faqat asta - sekin ta`lim va tarbiyaning ta`siri ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini ola boradi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |