2- sxema. Xatti - harakat qismlari va ularning asosiy vazifalari
3. Faoliyatning interiorizatsiyasi va ekteriorizatsiyasi haqida tushuncha.
Inson faoliyati ayrim hollarda tashqi tomondan ifodalansa (harakatlarda, yurish-turish va hokazolarda) boshqa hollarda esa u ichki harakatlarga ega bo`ladi. Ana shu nuqtai nazardan sa`yi - harakatlarini ikki turkumga ajratish mumkin: a) tashqi (real, predmetli, jismoniy amaliy, motor) harakatlarga; b) ichki; v) jismoniy, ruhiy, psixik, aqliy, intellektual sa`yi - harakatlar. Tashqi, real (predmetli) sa`yi - harakatlardan ichki, timsoliy, sa`yi-harakatlarga ko`chirilishi o`tish jarayonini interizatsiya (ma`nosi, ichki tarzga aylanish) deb atashadi.
Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma`lum bir vaqt ichida uning nazariy e`tiborida bo`lmagan narsalarning timsolida foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi. Akliy amallarning tashqi predmetlari bilan bo`ladigan sa`yi - harakatlar (amallarga) ko`chirilishiga ichki psixik faoliyatning eksteriorizatsiyalashuvi (ma`nosi, ichkini tashqi tarzga aylanish) deb qarash mumkin.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog`liqdir. Tashki jihat odam tashqi olamga ta`sir ko`rsatish uchun qiladigan sa`yi-harakatlar motivlashtiruvchi, bilimiga undovi va boshqaruvi ichki psixik faoliyat bilan belgilanadi va yo`naltiriladi.
4. Faoliyatning asosiy turlari. Pedagogik faoliyat xaqida tushuncha.
Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar munosabati sistemasida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqoza etadi, ya`ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo`ladi.
Faoliyatning quyidagi turlari mavjud:
1. O`yin; 2. Mehnat; 3. Ta`lim.
Bola faoliyatining oddiy shakllarini o`zlashtirish uchun dastlabki shart - sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan birinchisi o`yin faoliyati hisoblanadi. O`yin faoliyati bilan organizmda kuch-quvvat almashinuvi o`rtasidagi bog`lanish o`yinga nisbatan mayillik tug`ilishiga olib keladi.
Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, o`yin bolalarda ham o`z faoliyatini ruyobga chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko`rsatish shakli bo`lib xizmat qiladi. Faoliyatga bo`lgan ehtiyoj uning ko`zg`atuvchisi bo`lsa taqlid qilish va tajriba esa manbai hisoblanadi. Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo`ladigan vaqt ham etib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan axborotni harakatlarni xulq-atvor shakllarini o`zlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Sub`ektning o`rganishini o`ziga maqsad qilib olgan bunday o`ziga xos faoliyat ta`lim deb ataladi.
Ta`lim quyidagilardan tarkib topadi.
1. Bilim axborotni o`zlashtirilishi.
2. Faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullar va harakatlarning o`zlashtirilishi malakadir.
3. Qo`yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga mos keladigan usullar va jarayonlarni to`g`ri tanlash hamda nazorat qilish uchun ko`rsatilgan axborotdan foydalanish yo`llarining egallanishi-ko`nikmalar hosil qilinishidir.
Shunday qilib, ta`lim kishiining harakatlari muayyan bilimlar malakalar ko`nikmalarni o`zlashtirib olishga qaratilgan ong bilan idora qilingan joydagina yuz beradi.
Ta`lim o`ziga xos insoniy faoliyatdir. Bola faoliyati va xulq - atvorini ularning insoniyat ijtimoiy tajribasini o`zlashtirish sari yo`naltirishdan iborat jarayon o`qitish deb ataladi. Bola shaxsning rivojlanishiga ta`sir ko`rsatadigan jarayon - tarbiya deb ataladi. Mehnat bu ma`lum bir ijtimoiy foydali moddiy va ma`naviy mahsulotni ishlab chiqarishga yo`naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat faoliyati kishining eng etakchi, asosiy faoliyatidir.
Kishilarning mehnat faoliyati o`z mohiyatiga ko`ra ijtimoiy hisoblanadi. U jamiyat extiyojlari bilan shakllanadi, belgilanadi yo`naltiriladi va boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |