141-modda. Faoliyatning ayrim turlarini “bir darcha” prinsipi bo‘yicha litsenziyalash
Litsenziyalovchi organ faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashi uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olishi talab qilingan hollarda, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda “bir darcha” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda litsenziyalovchi organ mazkur hujjatlarni mustaqil ravishda, tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz oladi.
(141-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |