NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
KENGASHINING 2014-2015 O’QUV YILIDAGI
FAOLIYATI YUZASIDAN
HISOBOT
Institut Ilmiy kengashi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 9-dekabr 345-sonli hamda 2011–yil 5-dekabr 487-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan “ Oliy o’quv yurtining Ilmiy kengashi to’g’risida” Nizom, “Navoiy Davlat pedagogika instituti Ustavi, Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklarining me’yoriy hujjatlari asosida olib bordi.
Joriy o’quv yili uchun Ilmiy kengash ish rejasini tuzishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta’limi vazirliklarining buyruqlarida ko’rsatilgan vazifalar, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “Sog’lom bola yili” va “Keksalarni qadrlash yili” va Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosiga qaratilgan ishlar, institutning o’quv–metodik, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, iqtisodiyot va tadbirkorlik sohalaridagi dolzarb muammolarni yechish hisobga olindi.
Institut Ilmiy kengashi o’quv yili boshida 51 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilgan bo’lib, Ilmiy kengashning 2014-yil 30-avgustdagi №1 son yig’ilishi qaroriga asosan ilmiy kengash tarkibiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi hamda institut rektorining buyrug’i asosida Ilmiy Kengash a’zolari 51 nafarni tashkil etdi. Navoiy Davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2015-yil 28-fevraldagi 7-sonli yig’ilish qarori bilan Ilmiy kengash tarkibiga o’zgarishlar kiritilib, 45 a’zodan iborat tarkib tasdiqlandi.
Institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig’ilishlarida rejaga muvofiq yig’ilishlar tasdiqlangan kun tartibi asosida o’tkazib borildi. Institut Ilmiy kengashi yig’ilishlarida fan nomzodi, fan doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiya mavzulari, professor-o’qituvchilar tomonidan nashrga tayyorlangan darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, uslubiy tavsiyalar muhokama etilib, tasdiqlanib, nashrga tavsiya etib borildi. Ilmiy kengash yigilishlarida kafedra mudiri, kafedra professori, kafedra dotsenti, kafedra katta o’qituvchisi, kafedra o’qituvchisi bo’sh lavozimlariga tanlovlar o’tkazilib borildi. Jumladan, kafedra mudirligiga 4 nafar, kafedra professori 1 nafar, dotsent lavozimiga 4 nafar, katta o’qituvchi lavozimiga 23 nafar, o’qituvchi –assistent lavozimiga 30 nafar professor-o’qituvchilar tanlov asosida o’tkazildi. 2013-2014 o’quv yilida Ilmiy kengash tomonidan 1 ta doktorlik dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi. Shu bilan birga, 2 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma, 57 ta uslubiy qo’llanma, 3 ta risola, 4 ta ilmiy-uslubiy to’plam, 7 ta uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |