3. Motiv va motivatsiya tavsifi
Inson hulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson hulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi.[1]
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.1[3]
Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz.
O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan odamni eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang.
Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka va g’oyalarni egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga intilishi sifatida ko’rsatgan.
Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz mumkin, yuqori darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi.
Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayoti davomida o’rganilgan. Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq kasbiy muvaffaqiyat qozonganlarni solishtirganida motivatsion farqlarni topishdi. O’sha muvaffaqiyatliroqlar izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq edi.Bolaligida ularning faol mashg’ulotlari ko’p bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p guruhlarda qatnashishgan va tomoshabindan ko’ra sport musobaqalarining ishtirokchisi bo’lgan ( Golmen,1980). Iqtidorli bolalar qobilyatli o’rganuvchilardir. Tajribali kattalar matonatli ijrochilardir.
O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda o’zlashtiish,davomat va obro’ uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, g’oyalar va odamlarni egallash, yuqori standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” degan xulosaga kelishdi tadqiqotchilar.
Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan bir xil iqtidordagi o’g’il bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini tushuntiradilar(2005,2006).
Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida top-skripkachilar o’qituvchi bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan ikki marta ko’p – 10000soat jamg’arishgan(Erikson va b., 2001,2006,2007). Iqtisod bo’yicha Nobel mukofotini olgan psixolog Gerbert Saymon(1998)ning tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga keldi: jahon ekpert-klasslari sohasi bo’yicha o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga qirq soat, yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, sportchilar va rassomlar o’rganilganida aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy intizomga ega, o’z maqsadiga erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga tayyor ( Blum,1985). Bu yorqin yulduzlar nafaqat o’zining noodatiy talanti, balki kundalik intizomi bilan ajralib turgan. Yuqori natija gallon(4,5litr) ter bilan bir choy qoshiq ilhomning aralashmasiday tuyuladi.2[3]
Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori iqtidorli tengdoshlaridan jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan jo’shqin sadoqat ajratib turadi. Shunga qaramay intelligent qo’nq’iroqsifat egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. Bu bizga muvaffaqiyat xom iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun tashkilotchi psixologlar oddiy ishda ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va motivatsiyalash yo’llarini qidirmoqdalar.
Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi.
Adabiyotlar ro‘yhati:
Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент 2014 г. С.-358-364.
Safayev N.S., Mirashirova N.A. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti“ TDPU, 2013 y, B.42-64.
David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-479-497.
1. www.psychology.net.ru
2. www.psy.piter.com
Do'stlaringiz bilan baham: |