«Mavzu:Yangi yil nima?
Faoliyat turi: Ta`limiy o`yin
Faoliyat mavzusi: “Yangi yil nima?”
Faoliyat maqsadlari:Yangi yil haqidagi bilmlarini boyitish.
a)ta`limiy: bolalarni aqliy fikrlash qoblyatlarini o`stirish, hikoya qilishga o`rgatish, estetik didni oshirish
b)tarbiyaviy:O`z hislarini ifodalashni nazorat etishga, o`z hissiy holatini bayon etishga o`rgatish.
Kerakli jihozlar: mavzuga mos rasmlar to`plami,oq va rangli qog`oz, yelim.
Ilm fan va tabiat markazida: Bolalar bilan Qish fasli va Yangi yilga oid suratlari ko`rib chiqiladi.
Mashg`ulotning borishi: Tarbiyachi:- Bolajonlar Bir yilda turtta fasl bo`lib, bular bahor, yoz, kuz, qish.
(rasmlarini kursatadi) shulardan QISH o`ziga xos ko`rinishi va ob-havosi bilan boshqa fasllardan ajralib turadi. Qishda kunlar sovuq bo`ladi va vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qishda yana shunday bir kun borki, bu- kun va tunning teng bo`lishidir. Xuddi mana shu kun va tunning teng bo`lishida butun dunyo xalqlari bayram qilishadi. Bu bayram YANGI YIL bayramidir. Yangi yil yaqinlashishi bilan archalarni bezatib,tukin dasturxon artofida qor boboni kutishadi. Qorbobo esa ajoib sovg`alari bilan hammaning ko`nglini olishga harakat qilishadi.
Til va nutq markazida: “Yangi yil” haqida she`r yodlashadi.
“Archa bezatamiz” ta`limiy o`yini
Maqsad:mavzuni mustahkamlash va quvnoq kayfiyat ulashish.
O`yinning borishi: Bolalar bir,ikki sanoq orqali ikki guruhga ajralishadi va turna qator hosil qilishadi. Xonaning bir tomoniga, gilam ustiga oq plakatga, archa rasmi o`yinchoqlarsiz chizib qo`yiladi.
O`yinning sharti: Tarbiyachi ishorasi bilan bolalar quyonchadek sakrab borib, qo`llaridagi doiracha ya`ni o`yinchoqni archaga yelimlaydi va yugurib kelib, o`zidan kiyen turgan bolaga yelimni uzatadi. Kiyengi bola ham quyonchadek sakrab boradi va qo`lidagi o`yinchoq aplikatsiyasini plakatga yopishtirib, yugurib qaytadi.
Qaysi guruh vazifani tez va sifatli bajarsa o`sha guruh g`olib bo`ladi va rag`batlantiriladi.
Qurish-yasash va matematika markazida tarbiyachi archa va qorboboni qanday qilib yasash mumkinligini tushuntiradi va bolalarni san`at markaziga taklif qiladi.
San`at markazida bir guruh bolalar tarbiyachi tomonidan oldindan tayyorlangan uchburchak va doira shakldagi rangli qog`ozdan tarbiyachi yordami bilan archa va qorbobo aplikatsiyasini yasashadi.
Boshqa guruh bolalari esa raqamlarni to`g`ri joylashtirib, qorbobo, qorqiz, archa, tasvirini hosil qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |