Suv bilan chiniqishni avval yengil muolajalardan boshlanadi. Suv harorati 33-340C . Keyin suv haroratini har 3-4 kunda darajaga va sekin-astalik bilan (1,5-2 oyda) salomatligiga va kayfiyatga qarab 20-180C va past harakatga tushiriladi. Suv muolajalari paytida hech qanday yoqimsiz qismlar va sovuq yeyish holatlari bo’lmasligi kerak. Yuqori darajadagi chiniqishda kontrast dush qo’llash mumkin. Uning mohiyati shundaki, bu muolaja paytida 200C va undan yuqori o’zgarishi bilan qo’llaniladi.
Ochiq havoda cho’milish–chiniqish uchun eng qulay usul. Bunda havo, suv va quyosh nurlari organizmga har tomonlama ta’sir etadi. Cho’milishni suv harorati 11-130C, havo harorati 14-150C bo’lganda to’xtatiladi. Ertalab va kechki soatlarda, birinchi kunlari kuniga 1 marta, keyinchalik 2-3 marta, 2-4 soat oralig’da cho’milish mumkin.
Suvda har kun harakatlanish va suzish kerak. Suv qanchalik sovuq bo’lsa, harakatlar shunchalik faol bo’lish kerak. Cho’milishning davomiyligi suv harorati, ob-havo va kayfiyatga bog’liq. Tana harorati pasayishi bilan suvda bo’lish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |