Faol turmush tarzi va salomatlik Reja


Sportchilarni chiniqtirishning o’ziga xosligi



Download 70,5 Kb.
bet10/11
Sana01.01.2022
Hajmi70,5 Kb.
#302377
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
faol harakat va salomatlik

Sportchilarni chiniqtirishning o’ziga xosligi

Chiniqish sportchilar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, u sportdagi tayyorgarlikning asosi hisoblanadi. Bu sog’liqning mustahkamlanishiga va sportdagi yuqori natijalarga erishishga sabab bo’ladi. Chiniqqan sportchilar kamroq kasal bo’ladilar, natijada u muntazam ravishda mashg’ulotlarga qatnashadi, oqibatda musobaqalarda yuqori yutuqlarga erishadi, musobaqalar esa murakkab iqlimiy geografik issiq va sovuq iqlim, o’rta tog’, o’zgaruvchi iqlim sharoitida o’tadi. Bunday murakkab iqlimiy-geografik sharoitlaridagi chiniqishlar tezkor adaptatsiyani talab qiladi, bu esa chiniqqan sportchilardagina bo’ladi, chunki yuqorida bayon etilganidek, organizmning adaptatsion jarayoni chiniqqan sportchilarda tez va oson kechadi.

Yana bir muhim holat shuki, bu shamollashlarning profilaktikasidir. Shamollashlar tufayli sportchilarni muntazam mashg’ulotlarga qatnasha olmaganligi va o’zining sportdagi mahoratini oshira olmasligi haqida ancha misollar keltirish mumkin. Ko’pincha shunday holatlar bo’ladiki, tasodifiy shamollash tufayli sport musobaqalari qoldiriladi, natijada butun komanda a’zolari aziyat chekadi.

Tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, muntazam ravishda sportchilarni yopiq joylarda shug’ullanishi chiniqtirishni buzilishiga olib keladi. Keskin iqlim sharoitida, quyosh radiatsiyasi va boshqa meteorologik omillar ta’sirida himoya reyaksiyasining susayishiga olib keladi.

Shuning uchun uzoq vaqt yopiq sharoitda jismoniy mashq qiladigan sportchilarga doimiy ravishda turli usullarda chiniqish tavsiya etiladi. Sportchilarni chiniqtirishni umumlashtirilgan ravishda sport turiga va tayyorgarlik darajasiga qarab qilinadi. Lekin hamma holatlarda yuqorida bayon etilgan holatlarga rioya qilish kerak. Chiniqtirishda yuqori ko’rsatkichlarga erishish uchun yil davomida ochiq havoda muolaja o’tkazish tavsiya etiladi.

Yilning issiq kunlarida ehtiyot bo’lish kerak, chunki uzoq vaqt stadionlarda oftob bo’lishi sog’liq uchun salbiy ta’sir qiladi (tezlik susayadi, harakat koordinatsiyasi buziladi). Shuning uchun sportchilarni oftob tagida bo’lishini kun tartibiga rioya qilish asosida va sportchining individual xususiyatlariga asoslanib tuzish kerak.

Xulosa qilib aytish mumkinki, sportchilarni muvaffaqiyatli chiniqishi uchun gigiyenik qoidalarga rioya qilgan holdagina amalga oshirish mumkin. Musobaqalardan oldin organizm reaktivligi yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lishi uchun chiniqishga katta ahamiyat berish lozim.
Valeologiya muammolari:

Qarindosh-urug’ orasidagi nikohlar

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari va g’ayratlari tufayli mamlakatimizda jismonan baquvvat, ma’naviyatga boy, axloqan yetuk, intelektual rivojlangan, yuqori bilimli, har taraflama barkamol avlodlarni shakllantirish borasida hissa qo’shgan fuqorolarni taqdirlash uchun tasdiqlangan “So’g’lom avlod uchun” orderining birinchi davlat mukofotlari qatoridan o’rin olgani davlatimiz tomonidan millatimiz kelajagiga oliy darajali diqqat-e’tiborning tasdig’idir.

Barkamol avlod shakllanishi uchun ularning jismonan salomat bo’lishi asosiy o’rin tutadi. O’z navbatida kelajak avlodlar salomatligini belgilovchi omillar orasida millat irsiyoti (genofondi) va bugungi avlodlarning unga munosabati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Millatning, xalqning irsiyoti har qanday yurtning eng bebaho boyligidir.

Irsiyot millat namoyondalari organizmni, a’zolari to’qimalari va hatto hujayralarining moslashuv xususiyatlarini nasldan-naslga benuqson o’tishini ta’minlaydi. Organizm moslashuv xususiyatining yetuk darajada bo’lishi salomatlikning asosiy omilidir (Gulyamov N.G., safarova D.D., 2005).

Ammo irsiyot ham o’z navbatida turli omillar ta’sirida o’zgaruvchanlik xususiyatiga ega. Turli omillarning qator avlodlar organizmiga muntazam va turg’un ravishda ta’sir etib borishi natijasida avloddan-avlodga o’tgan sari ularning irsiy xususiyatlari ijobiy yoki salbiy tomondan o’zgarishlariga sabab bo’ilshi aniqlangan. Avlodlar irsiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri-jamiyatda qarindosh-urug’lar orasidagi niokhlar salmog’innig darajasidir.

Olimlarning ta’kidlashlaricha, millat irsiyatining qudratli bo’lishini, irsiy kasalliklarning nasldan-naslga o’tgan sari kamayishini ta’milash borasidagi vazifalar orasida qarindosh-urug’lar orasidagi nikohlarni kamaytirish muammosi yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Ularning fikrlaricha, Markaziy osiyo mamlakatlarida bunday nikohlarning kamayishi aytosom-resessiv irsiy kasalliklarning nasldan-naslga o’tish va uchrash darajasini kamaytirishga imkon beradi. (YU.G. Richkov, K,N, Nishonboyev, F.A Xamroyev, O.E. Eshonqulov 2000) .

Turli millatlar va dinlarga mansub xalqlar orasida dunyoning turli davlatlarida, ayniqsa Afrika va Osiyo mamlakatlarida, yaqin qarindoshlar (xolavachchalar, amakivachchalar, ammavachchalar, tog’a-jiyanlar, ularning farzandlari va h.k) orasida tuziladigan nikohlar salmoqli o’rin tutadi. O’zbekiston hududi ham bundan istesno emas. Milliy, diniy urf-odatlar, davlat qonunlari bunday hollarda to’siq bo’la olmasada, ammo ularning salmog’i ortib ketishini hech qachon ma’qullamaganlar.



Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish