Fan;Tadqiqot Metodologiyasi Mavzu;O’zbekistonda futbol sportini rivojlantirish



Download 218 Kb.
bet3/9
Sana18.01.2023
Hajmi218 Kb.
#900120
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
behruz (2)

2. Quyidagilar:

O'zbekistonda professional futbolni rivojlantirish sxemasi



1-ilovaga muvofiq;

O'zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish koncepciyasi 2-ilovaga muvofiq;

O'zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish koncepciyasini 2019-2020 yillarda amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xarita” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston futbol associaciyasi, vazirlik va idoralar rahbarlarining “Yo'l xarita”da nazarda tutilgan tadbirlarni o'z vaqtida, to'liq va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko'rsatib o'tilsin.

3. O'zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko'rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq (keyingi o'rinlarda – Maqsadli ko'rsatkichlar) tasdiqlansin va unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

umumiy aholiga nisbatan futbol bilan muntazam shug'ullanuvchilar sonini kamida 5 foizgacha etkazish orqali respublikada futbolning ommaviyligini taminlash;

Xalqaro Futbol Associaciyalari Federaciyasining milliy terma jamoalar reytingida O'zbekiston milliy terma jamoasining kuchli 50 talikka kirishiga erishish;

xususiy futbol maktablari va xususiy professional futbol maktablari sonini bosqichma-bosqich oshirish;

O'zbekiston Respublikasida Xalqaro Futbol Associaciyalari Federaciyasi va Osiyo Futbol Konfederaciyasi tasnifiga kiruvchi chempionatlar va rasmiy xalqaro turnirlarni tashkil qilish va o'tkazish.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maqsadli ko'rsatkichlarga erishish, belgilangan chora-tadbirlarni o'z vaqtida va samarali bajarish uchun masul bo'lgan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini taminlasin.

4. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Moliya vazirligi va O'zbekiston futbol associaciyasining:

professional futbol klublari qoshidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar-o'smirlar futbol maktablari negizida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablari (keyingi o'rinlarda – futbol mahorat maktablari) hamda bolalar va o'smirlar sport maktablarini tashkil etish;

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda aholi sonidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qo'shimcha futbol mahorat maktablarini tashkil etish;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bolalar va o'smirlar futbol akademiyalarini futbol mahorat maktablari etib qayta tashkil etish va ularni O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufiga o'tkazish;

ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari negizida olimpiya zaxiralari kollejlarini hamda ularga ajratilgan qabul kvotasi doirasida futbol bo'limlarini tashkil etish va ularda futbol bo'yicha mutaxassislarni (sportchilardan tashqari) tayyorlash;

futbol mahorat maktablarining rahbarlari, trenerlari va boshqa xodimlariga olimpiya zaxiralari kollejlari uchun belgilangan mehnatga haq to'lash va moddiy rag'batlantirish shartlarini qo'llash;

futbol mahorat maktablarini tegishlicha hududiy professional futbol klublariga biriktirish;

2020/2021 o'quv yilidan boshlab tegishli talim muassasalarida futbol klublari, sport talim muassasalari uchun sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport dietologi yo'nalishlari bo'yicha malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilish;

zamonaviy ilmiy yutuqlar va innovacion texnologiyalardan foydalangan holda trener, selekcioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog va futbol menejeri yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida mahalliy hamda xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish orqali O'zbekiston futbol associaciyasi huzurida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazini tashkil etish;

xalqaro tajribadan kelib chiqib, Xalqaro Futbol Associaciyalari Federaciyasi, Osiyo Futbol Konfederaciyasi talablariga muvofiq, 2021 yilgi futbol mavsumidan boshlab Superliga jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni taminlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish;

xalqaro talablardan kelib chiqib, salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ular xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini taminlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida futbol bo'yicha agentlar (vositachilar)ning faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditaciyadan o'tkazish vakolatini O'zbekiston futbol associaciyasiga yuklash;

2021 yil 1 yanvardan boshlab xalqaro tajribadan kelib chiqib, sport sohasini, ayniqsa, futbolni yanada rivojlantirish, uning investiciyaviy jozibadorligini oshirish, qo'shimcha mablag'larni jalb qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasida bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish;

O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Respublika bolalar va o'smirlar futbol akademiyasining tuzilmasiga qo'shimcha ikkita selekcioner shtat birligini kiritish to'g'risidagi takliflariga rozilik berilsin.

O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar shaxslar tomonidan bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishni buzish, shuningdek, totalizator o'ynash, o'yinga yoki uning natijasiga tasir o'tkazish maqsadida kelishilgan o'yinlar o'tkazish, ularda ishtirok etish yuzasidan javobgarlikni belgilash bo'yicha Jinoyat kodeksi va Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.




Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish