Yangi, hali hech qanday mahsulot qazib olinmagan uyumlardagi har bir quduqni ishlatish vaqtini ikki davrga bo‘lish mumkin. Uyumda tabiiy energiyalar zaxirasi ko‘p bo‘lgan birinchi davrda quduq favvorali ishlatiladi. Bu davr yuqori mahsuldorlik bilan xususiyatlanadi, shunday hollar ham bo‘lishi mumkinki, bu davrda quduqdan butun ishlatish davrida olingan neft umumiy miqdorining 70% dan ko‘prog‘i olinadi.

Neft qudug‘idagi suyuqlikni tabiiy qatlam enargiyasi hisobiga yuzaga chiqadigan usul–favvorali usul deyiladi. Neft bilan birga olinayotgan gazning miqdoriga va konni ishlash rejimiga qarab favvora gidrostatik bosim ta’sirida yoki kengayish gazni energiyasi hisobiga, shuningdek ikkala omilning bir paytdagi ta’siri ostida bo‘lishi mumkin.
Quduq ustki uskunаlаri kоlоnnа vа quvur bоshchаsi hаmdа fаvvоrа аrchаsidаn ibоrаt. Аlоhidа qismlаr оdаtdа flаnsli ulаnаdi.
Quduqni ikkinchi ishlatish davri mexanizatsiyalashtirilgan davri deyiladi.
Quduqni ikkinchi ishlatish davri mexanizatsiyalashtirilgan davri deyiladi.
Neft quduqlarini ishlatishning mexanizatsiyalashgan usuliga kompressorli va nasosli usullar kiradi.
Kompressorli usulda suyuqlik yuqoriga siqilgan havo yoki gaz quduqqa tushirilgan ko‘tarma quvurlar boshmog‘iga beriladi. Gaz yoki havoni siqish kompressorlar deb ataluvchi maxsus mashinalarda amalga oshiriladi.
Suyuqlikni qatlamdan yuqoriga ko‘taruvchi ishchi omil havo bo‘lib kompresssorli ko‘targich (lift) erlift deyiladi. Agar ishchi emas, gaz bo‘lsa, bunday qurilma gazlift deyiladi.
Havo yoki gaz bilan ishlaydigan ko‘targichning ish prinsipi quyi-dagilardan iborat.