3. Didaktika va uning tamoyillari Didaktika (yunon—didaklikos — o'qitadigan, o'rgatadigan) — pedagogikaning bilim olish, ta ’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasi. U talabalam ing bilim olish, o'zlashtirish va ko'nikm alar hosil qilish jarayoniga xos ta ’lim prinsiplari, uslublari va o'quv jarayonini tashkil qilishga oid ham m a masalalarni o'rganadi.
didaktikaning asosiy tamoyillari quyidagilar:
1. Faollik tamoyili Inson ta iim olishining haqiqiy, chinakam m ohiyati o'zining aqliy faoliyati natijasida bilimning yangi-yangi sir-asrorlarini mustaqil ravishda anglab olishidir.
2. Nazariya bilan amaliyotning bir-biri bilan bog‘liqligi Nazariy bilim doim kasb-hunar am aliyoti bilan bog'lanishi lozim.
3. Ko‘rgazmalilik Bilimlarni iloji boricha ko'rgazmali va real hayotga yaqin tarzda taqdim etish tilning tushunarliligini va ta ’lim jarayonida audiovizual vositalardan foydalanishni.
4. Tushunarlilik O 'quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo'lishi kerakki, o'quvchilar uni o'zlaridagi bilimlar bilan bog'lay olishsin va uni tushunishda qiynalmasin.
5. Namunalardan foydalanish O 'quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim 14 nam unalarni tanlashga harakat qilish kerak.
6. Ilmiylik 0 ‘quv m aterialining mazmuni haqiqiy va ilmiy jihatdan tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo'lishi kerak.
4. O’quv jarayonidagi meyoriy hujjatlar Quyida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda zarur bo‘ladigan bir nechta hujjatlarning shakllarini keltirib o‘tamiz:
- namunaviy o‘quv reja shakli; - tanlov fanlari katalogi shakli;
- talabaning shaxsiy o‘quv rejasi shakli; - ishchi o‘quv reja shakli;
- ishchi o‘quv dasturi (syllabus) shakli; - kafedra o‘quv yuklamasi shakli;
- dars jadvali shakli; - o‘qituvchining dars jadvali shakli;
- talabaning shaxsiy dars jadvali shakli; - o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi shakli.
Oliy o‘quv yurti o‘quv jarayonining uslubiy ta’minoti uchun javobgar hisoblanadi.
Shu maqsadda quyidagilar ishlab chiqiladi:
1) har bir talaba uchun ma’lumotnoma-yo‘riqnoma;
2) har bir fan bo‘yicha sillabuslar (ishchi o‘quv dasturlari);
3) fanlar bo‘yicha auditoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari (ma’ruza matnlari, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bayoni, interfaol tarqatma materiallar, multimedia ilovalari va h.k.);
4) talabalarning o‘qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta’limi uchun;
5) yozma nazorat topshiriqlari, yozma va elektron testlar, imtihon biletlari;
6) malakaviy amaliyotlarda qo‘llaniladigan materiallar (amaliyot o‘tkazish rejalari va dasturlari, kundaliklar, hisobot hujjatlari shakllari);