3. Ikkita orol bo`lib, ularning biri robinzonlar oroli, ikkinchisi hindular oroli. Ikkita orol ham go`sht va bug`doy ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Robinzonlar orolida bir ishchi bir yilda 1 tonna go`sht yoki 20 sentner bug`doy ishlab chiqaradi. Xindular orolida esa bir ishchi 2 tonna go`sht yoki 10 sentner bug`doy ishlab chiqaradi. Robinzonlar orolida 400 kishi, hindular orolida 100 kishi mahsulot ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi.
1) Orollarning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig`i chizilsin.
2) Go`shtning va bug`doyning al`ternativ xarajatlari hisoblansin.
3) Ikki orol hamkorlikda ishlashga qaror qilishdi. U holda, mehnat taqsimoti natijasida ularning birgalikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig`i qanday ko`rinishda bo`ladi; qaysi orol qancha go`sht va bug`doy ishlab chiqaradi?
4. Ozod va Omon stul bilan stol ishlab chiqaradi. Ozod 1dona stul ishlab chiqarishga 1 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 2 soat vaqt sarflaydi. Omon esa 1 dona stul ishlab chiqarishga 2 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 1 soat vaqt sarflaydi.
Agar ular bir kunda 10 soat ishlasalar Ozod va Omonning ishlab chiqarish imkoniyatlari topilsin.
Ularning birgalikda ishlaganlaridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari aniqlansin.
Omon yangi texnologiyadan foydalana boshladi. Natijada u 2 ta stul ishlab chiqarishga 1 soat, 3 ta stol ishlab chiqarish uchun ham 1 soat vaqt sarflaydigan bo`ldi. Omonning yangi texnologiyadan foydalangandagi hamda ularning hamkorlikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig`i grafikda aks ettiring.
5.Ma`lum bo`lishicha, “ABS” neft kompaniyasi kuniga 150 tonna mahsulotni iste`molchilarga etkazib beradi. Kompaniya faqat 2 turdagi mahsulotlar benzin va dizel yoqilg`isini ishlab chiqaradi. Dizel yoqilg`isining benzinga nisbatan chekli transformasiya koeffisеnti - 0.5 ga tеng.
Benzin va dizel yoqilg`isi uchun kompaniyaning 1 oylik ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i chizilsin.
YAngi texnologiya kelishi bilan ishlab chiqarish hajmi 20% ga va benzin olish imkoniyati oldingiga nisbatan 30% ga ortdi. Kompaniyaning yangi ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i oldingisidan qanday farq qilishini izohlang?
Agar, benzin ishlab chiqarishni grafikning X o`qiga joylashtiradigan bo`lsak, ishlab chiqarish imkoniyati chizig`ining yotiqlik koeffisеnti oldingi ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i yotiqlik koeffisеntidan necha foizga farq qiladi?
6. “Ko`shim bobo” fermer xo`jaligida turli ball bonetitiga ega bo`lgan uchta ekin maydoni bor. U bu maydonlarga bug`doy yoki paxta ekishi mumkin. U 1-maydondan 100 t kartoshka yoki 50 t bug`doy, 2-maydondan 80 t kartoshka yoki 30 t bug`doy, 3-maydondan esa 40 t kartoshka yoki 20 t bug`doy olishi mumkin. “Kushim bobo” fermer xo`jaligining hosil imkoniyati chizig`ini grafikda tasvirlang.
7. Qozog`istonda bitta dehqon 1 yilda 2000 kg oq uzum yoki 3000 kg qizil uzum yetishtira oladi. Azarbayjonda esa bitta dehqon 1 yilda 1 kishi 4000 kg oq uzum 1000 kg qizil uzum yetishtira olish imkoniyatiga ega. Qozog`istonda uzum yetishtirishda 400 ming kishi, Azarbayjonda esa 100 ming kishi band. Qozog`iston prezidenti Nazarboyev Azarbayjon prezidenti Aliyev bilan uzum ishlab chiqarishda o`zaro hamkorlik qilishni taklif qildi. Agar ushbu taklif amalga oshsa, hamkorlikdagi uzum yetishtirish imkoniyatlari chizig`i grafikda aks ettiring.
8. Ozod Zoyirov va Ali Nabiyev pishloq va kolbasa ishlab chiqaradilar. Ozod Zoyirovning Ali Nabiyevga nisbatan pishloq ishlab chiqarishi 2 barobar ortiq, ya`ni 1 soatda 40 kg ga tеng pishloq ishlab chiqaradi. Ali Nabiyev mashhur chorvador bo`lganligi bois soatiga 20 kg kalbasa ishlab chiqaradi. Bu Ozod Zoyirovnikidan 2 barobar ko`pdir.
Ozod Zoyirov 300 kg pishloqni Ali Nabiyev 700 kg kolbasasiga almashishni taklif qildi. Bu taklif Ali Nabiyev uchun foydalimi?
Qanday holatda almashinuv ikki taraf uchun ham foydali bo`ladi?
9. AQSHda 1 t makkajo`xori yetishtirishning al`ternativ xarajati 0.2 t bug`doyga tеng va AQSH maksimal darajada 100 mln tonna bug`doy yetishtira oladi. Kanadada 1 t bug`doyning al`ternativ xarajati esa 2 t makkajo`xoriga tеng va Kanada davlati maksimal 50 mln tonna makkajo`xori yetishtira oladi.
Kanada AQSH yordami bilan o`z ehtiyojini 60 mln tonna makkajo`xori bilan ta`minlay oladimi?
Ikki davlat o`rtasida erkin savdo yo`lga qo`yilsa, AQSH maksimal qancha mahsulot eksport qila oladi?
10. Fermerda 3 ta bir xil o`lchamdagi lеkin har xil unumdorlikka ega er maydoni bor. Fermer bu erlarda kartoshka, sholg`om va bug`doy yetishtirmoqchi. U birinchi maydondan 20 t kartoshka yoki 8 t sholg`om yoki 4 t bug`doy olishi mumkin, ikkinchi maydondan esa mos ravishda 15 t, 9 t va 2 t, uchinchisidan esa 12 t, 7 t va 3 t. Agar fermerda A t (A<15) sholg`om etkazib berish majburiyati bo`lsa, fermerning ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i aks ettirilsin.
11. Fermerda 2 ta har xil unumdorlikka ega yer maydoni mavjud. Bu maydonlarda u sabzi, turp va pomidor yetishtirmoqchi. Fermer birinchi maydondan 50 t sabzi yoki 20 t turp yoki 10 t pomidor yetishtira oladi, ikkinchi maydondan esa esa mos ravishda 20 t sabzi, 10 t turp, 8 t pomidor yetishtirishi mumkin.
a) Agar fermer uchun 10 t turp yetishtirish shart bo`lsa, uning ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i chizilsin.
b) Fermer bir vaqtning o`zida 10 t sholg`om, 7 t pomidor va 25 t sabzi yetishtira oladimi?
10. Sirg`ali tumanida 2 ta fermer xo`jaligi kartoshka va sabzi yetishtirish bilan shug`ullanadi. Birinchi fermer o`zining 100 gektarlik yeridan 3000 t kartoshka yoki 2000 t sabzi olishi mumkin, ikinchi fermer o`zining 150 gektarlik yer maydonidan 4800 t kartoshka yoki 2400 t sabzi olishi mumkin.
a) Umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i chizilsin.
b) Agar fermer xo`jaliklari o`rtasida erkin savdo yo`lga qo`yilsa, umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i qanday o`zgaradi?
12. Robinzon va Jumavoy kokos yong`og`ini terish va baliqchilik bilan shug`ullanishadilar. Robinzon bir kunda 5 ta baliq tuta oladi yoki 15 kg yong`oq tera oladi. Jumavoy esa 15 ta baliq yoki 5 kg yong`oq tera oladi. Ikkalisining birgalikdagi ishlab chiqarish imkoniyati chizig`i chizilsin.
13. Komilovlar va Alimovlar oilasi soat va telefon ishlab chiqarishadi. 1 ta soat va 1 ta telefon ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt soat hisobida jadvalda aks ettirilgan