4. Kommunikativ qobiliyat - o‘quvchilar, hamkasblar, ota- onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari, tarbiyachilar va boshqa o‘quv-tarbiya ishtirokchilari bilan aloqa o‘rnata olishidir. Kommunikativ qobiliyatda o‘qituvchining nutq madaniyati katta o‘rin tutadi. Zero, nutq madaniyati insonning o‘z fikr-mulohazalarini, his-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. O‘qituvchining nutqi hamisha va har qanday vaziyatda ishonchli, dalilli, fikrlari sodda tushunarli, ifodali tarzda bo‘lishi shuniningdek jonli obrazli talaffuz jihatdan yorqin ifodali, his - hayajonli bo‘lsa tinglovchiga tez yetib boradi. Buni har bir pedagog aniq tushunishi va amalga oshirishga harakat qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |