Fanning o’quv-uslubiy majmuasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligining 2016 yil 25. 08 dagi «355» sonli buyrug’i asosida tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


O’qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qo’llaniladigan muomala uslublari



Download 1,42 Mb.
bet73/227
Sana31.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#255112
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   227
Bog'liq
PEDAGOGIK MAHORAT MAJMUA 38 soat

O’qituvchi tomonidan muloqotga kirishish jarayonida qo’llaniladigan muomala uslublari.

O'qituvchining bolalar bilan muomilasi muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan unda pedagogik qobiliyatni mavjudligiga, mahoratiga bog’liq bo'ladi. Psixologiyada pedagogik qobiliyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar uning o'qituvchi vazifasida bolalarni o’qitish va bolalarga ta'lim bsrishda yuksak natijalarni qo'lga kiritilganining sharti hisoblanadi. Malumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari etakchi rol o'ynasa, boshqalari yordamchi rol o'ynaydi.

Birinchi navbatda perseptiv, ya'ni idrok qilish sohasiga taalluqli bo'lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog’i kuzatunchanlikdir) etakchi rol o'ynaydi, o'qituvchiga o'quvchining psixologiyasini, uning psixik holatini o'xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman snnf jamaosining ahvoliga to'g’ri baho berish imkonini beradi. O'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlari tarkibiy qismi sifatida empatiya, ya'ni o'quvchilarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti bolalarga bo'lgan muhabbatdir. Nihoyat, o'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog’liq xususiyatlarning uchinchi tarkibiy qismi, deb ijtimoiy o'zaro harakatda bo'lgan yuksak rivojlangan ehtiyojni hisoblash mumkin. U bilimlarni boshqalarga berishda, bolalar bilan muomala jarayonini tashkil etish istagida namoyon bo'ladi. Tashkil etish qobiliyati ham pedagogik qobiliyatlarning tarkibiy qismidir. U barcha o'quvchilarning har xil faoliyat turlariga jalb qilinishida, jamoaning har bir o'quvchiga ta'sir ko'rsatish quroliga aylanishida, har bir o'quvchiga faoliyat, vaziyatni ta'minlab berishda namoyon bo'ladi. O'qituvchida ijtimoiy o'zaro harakatda bo'lgan, unda mavjud bo'lgan pedagogik nazokat maydonga chiqadi. Endi pedagogik qobiliyatlar strukturasiga kiradigan yordamchi xislatlar va xususiyatlardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz.

Bu, avvalo, aql-idroknnng muayyon xislatari: hozirjavoblik, tanqid ko'zi bilan qarash, sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir.

O'qituvchining nutqi, notiqlik qobiliyatlarining mavjudligi, so'z boyligi va hokazolar ham muhim rol o'ynaydi. Tabiatida bir qadar artistlik xususiyatiga ega bo'lishi (xayol, fantaziya ishlata bilish) ham o'quvchilar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol o'ynaydi. Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishinnng shartigina emas, balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan o'qituvchining o'zida pedagogik qobiliyatlarniig aniq maqsadini ko'zlab tarkib topish va rivojlanishi katta rol o'ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom xaqiqiy narsa ekanligini ko'rsatmoqa.

Masalan, shaxs persevtiv xususiyatlarning eng muhim elementi bo'lgan kuzatuvchanlik o'qituvchining pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch-g’ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O’qituvchi o'zining ijtimoiy-psixologik kuzatuvchanligini, ya'ni o'quvchilarda turli xarakter xususiyatlari, mayllarini payqab olish qobiliyatigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo'lish vaziyatiga muvofiq baho berish mahoratini rivojlantirishga qodirdir. O'qituvchi o'z o'quvchilarining, ular muhitidagi o'zaro munosabatlarni, o'zining ular bilan o'zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo'lmasin, xuddi shunday idrok etish va ko'rish mahoratini, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonida ro'y berayotgan narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim.

Bu esa osongina qo'lga kiritilmaydi. Gap shundaki, pedagogning idrok etishi har qanday kuzatuvchining idrok etishiga o'xshaydi, chunki pedagog hamisha o'quvchilarga iisbatan tashqi vaziyatda turadi, ma'lum darajada ulardan, ular faoliyatidan (uning tashkilotchisi bo'lsa ham) uzoqlashgan bo'ladi. Shu sababli pedagog o'zi ko’rayotgan narsalarga o'zining ijtimoiy rivojlanish jarayonida idrok qilgan normativ mulohazalarini ongli va ongsiz ravishda kelishi mumkinki, pedagog uchun yangi bo'lgan hodisalar uning o'zida mavjud bo'lgan normalar va tasavvurlar asosida an'anaviy tarzda talqin etilishi mumkin. Bundan tashqari, pedagogning muayyan masalaga javob izlashga intilishi unda ahamiyatli biror faktni o'tkazib yubormaslik uchun qulay yo'nalish hosil qiladi. Agar o'qituvchi bolalarniig xatti-harakatlarini faqat to'g’ri idrok etib, baho bersa, ularni vujudga keltirgan sabablarni chuqur ko'ra olsagina, shu bilan birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe'l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. O’qituvchining o'z o'quvchilarini: ularning; fe'l-atvorlari, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini turli voqealarga, muammolarga va hokazolarga munosabatlarini doimo o'rganib va bilib borishga intilishi muhimdir. O’qituvchi bolalarni qanchalik bilib olsa, unda bolalar bilan munosabatda xushmuomala bo'lish imkoniyatlari shu qadar ko'proq bo'ladi. Lekiin o'qituvchi o'z o'quvchilari bilan yaqinroq bo'lishga harakat qilar ekan, ba'zan tegishli daqiqalarda o'zi eshitmasligi lozim bo'lgan narsalarni eshitmasdan o'tib ketishi lozim. Bunga sabab zshitish odobsizlik bo'lishi mumkinligi, yoki vaziyat noaniq bo'lib turganda, eshitish darhol aniqlik kiritish zarurligini taqozo qilishdir. O'quvchilar bilan o'z muomalasini baqiriq va mayda chuyda narsalarga aralashishga aylantirib yubormaslik uchun kundalik ishlarda nimanidir sezmay qolishni o'rgatish muhimdir.

Muomala kommunikativ faoliyat sifatida baholanganida, kommunikativ texnologiyaga esa faoliyatli yondashuvga tatbiq qilinganida, eng avvalo, ijtimoiy pozitsiyalar, nuqtai nazarlar, qarashlar, baholash tizimini shakllantirishni tashkillashtirish, boshqarish jarayonlarining psixologik talqini nazarda tutiladi. Mazkur ijtimoiy psixologik holat uchta ko’rinishdagi kommunikativ shakllarda o’z ifodasini topadi:

1.Monologik (muomalaning boshqa ishtirokchilari fikrini eshitishga qaraganda suhbatning tashkilotchi subyekti shaxsiy bildirishi kommuniktiv hatti-harakatlar ustivorligida o’tadi;

2. Dialogik (o’zaro ta’sir o’tkazishning subyektlari o’zaro tashabbuskor, faol, bir-biriga ta’sirkor tuyg’ularini namoyish qiladi;)

3. Polilogik (ko’pqirrali muomala turi hisoblanib, kommunikativ tashabbusni egallash uchun muloqotdoshlar o’ziga xos kurash xususiyatiga moyildirlar, bu narsa ko’pincha uni maksimall darajada samarali amalga oshirishga intilishi bilan aloqadordir).

Muomalani faoliyat sifatida tasavvur qilish uni muayyan sodda xatti-harakatlar tizimidan iborat ekanligini bildiradi va quyidagilarda namoyon bo’ladi:

a) muomalaning tashabbuskor subyekti sifatida;

b) tashabbus yo’naltirilgan subyekt tariqasida;

v) muomalaning tashkillashuv me’yorlari qabilida;

g) muomala qatnashchilari ko’zga tutadigan maqsadlari ko’rinishida

d) o’zaro ta’sir o’tkazish amalga oshadigan vaziyat yo’sinida kabilar.

Muomalaning har qaysi harakati (akti) o’zaro aloqador kommunikativ hatti-harakatlari zanjiri tariqasida tasavvur qilinishi mumkin, chunonchi:

1. Muomala subyektining kommunikativ vaziyatga kirishi.

2. Muomala subyekti tomonidan kommunikativ xususiyatning baholanishi (ijobiy yoki salbiy; maqbul yoki nomaqbul; muvaqqat yoki davomli).

3. Kommunikativ vaziyatga yo’nalganlik.

4. O’zaro ta’sir ko’rsatish imkoniyatini vujudga keltirish maqsadida boshqa sub’ktni tanlash.

5. Muomala vaziyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda kommunikativ topshiriqlarni belgilash.

6. O’zaro ta’sir ko’rstish subyektiga nisbatan maxsus yondashuvni tatbiq etish.

7. O’zaro ta’sir ko’rsatish subyektining sherigi niyatiga moslashishi.

8. Sherik subyekt diqqatini subyekt tashabbuskor tomonidan jalb etilishi.

9. Sherik subyektning emotsional psixologik holatini baholash va uning o’zaro ta’sir krsatishga kirishishga tayyorgarlik darajasini aniqlash.

10. Sherik subyektning emotsional psixologik holatiga nisbatan tashabbuskor subyekt o’zini-o’zi tayyorlashi.

11. Muomala subyektlari emotsional psixologik holatlarni o’zaro tenglashtirish (mutanosiblashtirish), umumiy emotsional ko’rinishni shakllantirish.

12. Sherik subyektga tashabbuskor subyekt tomonidan kommunikativ ta’sir o’tkazish.

13. Sherik subyekt reaktsiyasini tashabuskor subyekt tomonidan baholashnishi.

14. Sherik subyektning fikriy javobini rag’batlantirish.

15. Suhbatdosh (muloqotdosh) sherik subyektning fikriy javobi.

Muomala xatti-harakati majmuasi yuqoridagi 15 ta moddadan tashkil topgandir. SHunday qilib, muomala akti vujudga kelishi uchun tashabbus mutlaq zaruriyatdir. SHuning uchun muomala subyekti agarda o’ziga mazkur tashabbusni olsa, biz uni tashabbuskor subyekt deb nomlaymiz, shu tashabbusni qabul qiluvchi boshqa qatnashchini sherik subyekt deb ataymiz.

Suhbatdoshlarning xulqida bevosita shakllanuvchi tashqi jabha kommunikativ harakatlarda ifodalanadi. Muomalaning ushbu jabhasi o’ziga xos ko’rsatkichlar yordami bilan qayd etiladi:

Muomalada kommunikativ faollik.

Muomalada harakatning jadalligi.

Muomalada tashabbuskor.

Muomalada kommunikativ mahorat.

Muamalaning ichki jabhasi o’zaro ta’sir vaziyatini subyektiv tarzda idrok qilish, voqelik yoki kutilayotgan muloqotga nisbatan javob harakatlari (reaktsiya), motivlar va maqsadlar bilan mazkur jarayonda insonning chiqishini aks ettiradi.

Muomalaning ohangi, o’ziga xosligi quyidagicha aniqlanadi:

muomala ohangi: xotirjam, hukm o’tkazuvchi, hayajonli, til yog’lamalik;

muomala jarayonidagi xulq: qat’iyat, havotir, ishonchsiz, tortinchoq;

muomala ko’rinishi: intilish, shaxsiy, ijtimoiy, ommaviy.

Muomala ko’rinishi sheriklarning munosabati xususiyatini aniqlab beradi. Jumladan, intilish va shaxsiy oraliq muloqotdoshlar bir-biriga yaqin odamlar yoki do’stlar ekanligidan dalolat beradi. ijtimoiy oraliq rasmiylikka, ommaviy esa muomalaning aqliy namoyishkorona xususiyatiga ishora qiladi.

Muomala uslubi - bu odamlarning o’zaro ta’sir etishining individual-tipologik xususiyatidir. Muomala uslubida ko’pincha quyidagilar o’z aksini topadi.

insonni kommunikativ imkoniyatlarining hususiyatlari;

jamoa a’zolari va yakka odam bilan yuzaga keladigan munosabatlarning xususiyatlari;

insonning ijtimoiy yoki psixologik individualligi;


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish