Axloqiy tarbiya –
|
Talabalarda umuminsoniy, axloqiy tamoyillariga sodiq bo’lish, jamiyat axloqiy talablari va me’yorlarini hisobga olgan holda o’z hatti-harakatlarini tanlay olish mahorati, axloqiy tafakkur tizimini shakllantirish.
|
Afsona –
|
Fors so’zidan olingan bo’lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo’lgan nasriy hikoyalar.
|
Aqliy tarbiya -
|
Talabalarning ongi va tafakkurini bilimlar, ongli ko’nikmalar hamda malakalar bilan boyitish. Aqliy kuchlar: sezgilar, ruhiy jarayonlar, iqtidorlar, biluvchanlik maqsadlari, dunyoqarash va faoliyat ozodligini shakllantirish.
|
Aqllilik –
|
Biror ishni bajarishda shoshma – shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.
|
Bilim –
|
Talabalar tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda ijtimoiy munosabatda zarur bo’lgan fan asoslarining qonunlari, omillari va tushunchalarini o’zlashtirish natijalari.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |