Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
O’quv rejasi bo’yicha ushbu fandan laboratoriya mashg’ulotlari rejalashtirilmagan.
Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Fan bo’yicha kurs ishi o’quv rejasida rejalashtirilmagan.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo’lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys-stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o’qib o’rganishi va shu yo’nalish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:
darslik yoki o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;
tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabalarning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;
keys-stadilar va o’quv loyihalarini mustaqil bajara olish;
faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlarini o’zlashtirish.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari.
Xorijiy mamlakatlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlanishi.
Aholining bandlik muammosini hal etishda kichik biznes va tadbirkorlikning tutgan o’rni.
Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari.
O’zbekistonda oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari.
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari.
Kichik biznes taktikasi va strategiyasi.
Kichik biznes ob’etlari, sub’ektlari va shakllari.
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash.
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish.
Kichik biznes korxonalarini boshqarishni o’ziga xos xususiyatlari.
Kichik biznes korxonalarining bankrotliligi va ularni davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida mahsulot tannarxining kamaytirish yo’llari.
Kichik korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotiga baho belgilash bosqichlari va usullari.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tavakkalchilikni kamaytirish yo’llari.
Tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati samaradorligini oshirish yo’llari.