Temir tanqislik anemiyasini davolashda davo tadbirlari kasallik sababini yo’qotish va temir
miqdorini kompensatsiya qilishga karatiladi. Dieta temir tanqislik anemiyasi bilan og’rigan
bemorlar uchun asosiy terapiya emas. SHunga karmasdan ovqat tarkibiga temirga boy maxsulotlar
kiritilishi kerak. Ovqat tarkibidagi temirni Ko’paytirish bilan birga uning etarli darajada so’rilishini
ham ta`minlash kerak. Masalan: temir eng Ko’p miqdorda gusht maxsulotlarda saklansada 25-30 %
so’riladi. Temir miqdorini kompensatsiya qilish uchun temir preparatlari ichish uchun va parentral
tavsiya qilinadi. hozirgi paytda temir preparatlarining 2 xil guruhi ishlatiladi: ikki valentli va uch
valentli temir.
Davo effektivligi klinik belgilar va laborator ko’rsatkichlarini kuzatib borish orqali baholanadi.