Ijtimoiy ish amaliy faoliyat sohasi sifatida quyidagi tashkiliy qismlardan iborat bo’ladi:
Obyekt – Subyekt – Vazifalar – Vositalar – Maqsad - Boshqaruv
Ijtimoiy ish obyektlari (keng ma’noda) yordamga muhtoj barcha insonlar hisoblanadi: qariyalar; nafaqaxo‘rlar; nogironlar; yetim-yesirlar; baxtsiz hodisaga duchor bo‘lganlar; kuchli stress holatini boshidan kechirayotganlar; farzandlarini yakka o‘zi tarbiyalovchi onalar va otalar; deviant xulq-atvorli shaxs va guruhlar (ichkilikbozlar, giyohvandlar, jinoyatchilar va b.); qamoqxonalarda o‘tirganlar va ozodlikka chiqqanlar; ishsizlar; qochoqlar va boshqa ijtimoiy zaif, qaltis guruhlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |