BOZORLAR - Bozorlarning savdo zallari va sabzavotlar savdosi tepa qoplamali maydonlarining gabaritlari texnologik talablar bo’yicha savdo joylarini ratsional joylashtirishni, shamollatish va yoritishni, o’tish yo’laklarini va telejka yoki avtotransport yo’llarini hisobga olgan holda o’rnatiladi.
- Bozor zallari mahsulotlar yuk tushirish va saqlash joylari bilan qulay bog’langan bo’lishi kerak. Har xil q/h iste’mol mollari savdosi maydonlarining nisbati mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
- O’tish yo’laklarining kengligi evakuatsiya talablariga va mahsulotlarni savdo joylariga olib o’tish talablariga javob berishi shart. Bozorning markaziy o’tish yo’lagi kengligi kamida 2.8 m, ikkinchi darajali peshtaxta yo’laklari oralig’i kengligi kamida 1.8 m bo’lishi kerak; peshtaxta bilan orqa devor oralig’i kamida 1.5 m bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |