12-mavzu. Ma’muriy va boshqaruv, moliya-kredit binolari. - Reja
- Boshqaruv organlari, ma’muriyat, agentlik, firma, boshqa o’xshash muassasalari.
- Moliya-kredit tashkilotlari, banklar.
Ma’muriyatga mo’ljallangan xonalar – boshqaruv, vazirlik, sug’urta va moliya, loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari muassasalarining xodimlari uchun ishchi xonalar va kabinetlar bitta shtat xodimiga kamida 6 m2 maydon to’g’ri kelishi hisobidan loyihalanadi. Bunda ko’p o’rinli ishchi xonalarida bir xodimga to’g’ri keladigan maydonni 4-5 m2 gacha qabul qilish mumkin. - Ma’muriyatga mo’ljallangan xonalar – boshqaruv, vazirlik, sug’urta va moliya, loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari muassasalarining xodimlari uchun ishchi xonalar va kabinetlar bitta shtat xodimiga kamida 6 m2 maydon to’g’ri kelishi hisobidan loyihalanadi. Bunda ko’p o’rinli ishchi xonalarida bir xodimga to’g’ri keladigan maydonni 4-5 m2 gacha qabul qilish mumkin.
- Bir nafar xizmatchi kabineti kamida 9 m2 maydonli, keluvchilarni qabul qilish ko’zda tutilgan bo’lsa kamida 12 m2 maydonli bo’lishi kerak.
- Raxbarlar kabineti zaruriy keluvchilar uchun o’rindiqlar joylashtirish soniga hisoblanib qabul qilinadi ( bir o’ringa 1.5-2.0 m2 maydon hisobidan).
- Raxbar qabulxonasi kamida 12 m2 maydonli, ikkita kabinetga xizmat ko’rsatadigan qabulxona kamida 16 m2 maydonli bo’lishi shart.
Raxbarlar, instruktorlar, deputatlar va boshqa ko’p keluvchilari bor kabinetlar qabulxonasi qoshida kutib turish joylari nazarda tutilishi zarur; ko’p keluvchilari bo’lmagan va yo’lak kengligi 2.4 m dan kam bo’lmagan holatlarda kutib turuvchilar joyi ko’zda tutilmasligi mumkin. - Raxbarlar, instruktorlar, deputatlar va boshqa ko’p keluvchilari bor kabinetlar qabulxonasi qoshida kutib turish joylari nazarda tutilishi zarur; ko’p keluvchilari bo’lmagan va yo’lak kengligi 2.4 m dan kam bo’lmagan holatlarda kutib turuvchilar joyi ko’zda tutilmasligi mumkin.
- Ko’rgazmalar va namoyish zallari, yig’in va keluvchilar bilan suhbat o’tkazadigan xonalar, kutubxona va arxivlar, nusha-ko’paytirish xizmati xonalari, ekspeditsiya, ruxsat yozish xonalari, hamda xizmat ko’rsatuvchi xonalar: kiyim-kechak almashtirish, jihozlar ta’miri ustaxonalari, omborchalar, jamoat ovqatlanish xonalari, tibpunktlari, xodimlar uchun maishiy xonalar va shu kabilar texnologik talablar bo’yicha ko’zda tutiladi. Dahlizlar bir nafar xodimga ustki kiyim yechish joyisiz kamida 0,17 m2/kishi, kiyim yechish joyi bilan 0,25 m2/kishi miqdorlarida ko’zda tutilishi kerak. Kiyim-kechak almashtirish xonasi maydoni bir o’ringa (ilgakka) 0,08 m2 hisobidan qabul qilinadi. Dahliz o’lchamlari (maydoni) binodan odamlarni evakuatsiya qilish talablariga javob berishi shart; qoida bo’yicha, dahliz maydoni 12 m2 dan kam bo’lmasligi shart.
Bank binosi - Bank muassasalari operatsiya kassalari soni, kassa operatsiyalari hajmi bo’yicha hisoblanadi; Banklarni loyihalashni idoraviy texnologik talablardan kelib chiqqan holda amalga oshirish kerak.
- Bank tarkibida mijozlarni qabul qilish va bank operatsiyalari zallari, ma’muriyatning ishlash xonalari, kassa uzellari, jumladan rezerv fondi va aylanma kassa omborlari, kechki kassa, aylanma va kechki kassalar kassirlari kabinalari, pul sanash kabinalari, operatsiya kassasi kabinalari, mijozlar uchun pul sanash xonasi ko’zda tutiladi; xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo’yicha o’rnatiladi. Kassa uzellarini shunday joylashtirish kerakki, qoida bo’yicha, birinchi qavatga, boshqa tizim bulinmalaridan ajratilgan holda, ammo hisobga olish-operatsiya xujjatlarini bankning kerakli bo’linmalardan olib kelish qulay bo’lsin. Kassa uzellaridan inkasator mashinasidan qabul qilish boksi xonasiga aloqa bo’lishi shart. Omborcha va kassir kabinasidan iborat bo’ladigan kechki kassa pul sanaydigan kassa, hamda inkasator mashinasidan qabul qilish boksi xonalari bilan qulay aloqada bo’lishi shart.
- Xodimlarning ma’muriy ishlash xonalari, sanitar-maishiy xonalar ma’muriy muassasalarning tipi bo’yicha nazarda tutiladi.
Darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati Asosiy adabiyotlar: - R.Walter. Jaggard Francis E. Drury Architectural Building Construction: Volume I A. Text Book for the Architectural and Building student Cambridge Univ Press Angliya, Kembridj. 2013.
- Francis D.K. Ching Building Construction IIIustrated 5th Edition Wiley: 5 edition SShA, 2014.
- M.M.Miralimov, S.Sayfiddinov, M.B.Babajanov. Arxitektura darslik.-T.: 2016, 316 bet.
- M.M. Vaxitov. Me’morchilik: III-qism. Sanoat binolari. Darslik.-T.: «Tafakkur», 2010, 240 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |