74. Ilmiy izlanish ishlarini olib borish tartibi Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning oʻzidagina emas, balki koʻpgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qoʻllaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar: Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) Ijro etuvchi direksiyasi tashkil etilsin. 3. Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi; Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasini saqlab turish Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; Jamg‘armaning Ijro etuvchi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 5. Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda: ilmiy-texnik loyihalarni rejalashtirish, moliyalashtirish va xarajatlarni hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin; ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligini baholash metodikasini va indikatorlarini uch oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlab turishga zarur mablag‘larni nazarda tutsin; O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga 3 ta avtotransport vositasiga, shu jumladan 2 ta biriktirilgan va 1 ta xizmat avtotransport vositasiga limit ajratsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Agentlik bilan birgalikda Agentlikni va Jamg‘armaning Ijro etuvchi direksiyasini joylashtirish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 8. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining bosh direktori M.R. Boltaboyev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.