61
Tafsir ilmi bilan bir qatorda hadis ilmida musnadlar yozila boshladi.
Islomning avvalgi vaqtida faqatgina oyatlarni yozma holida saqlab kelingan bo„lsa,
keyinchalik turli darajadagi soxta hadislar ham musulmonlar orasiga singib ketdi.
Bu esa olimlar oldiga katta mas‟uliyatli vazifani, ya‟ni mana shu “mavzu” to„qima
hadislarni va “sahih” ishonchlilarini ajratib berish vazifasini qo„ydi. “Sahih”,
“Hasan”, “Zaif” kabi uch qismga bo„lib o„rganila boshlandi. “Sihoh as-sitta” olti
ishonchli to„plam) nomli hadislar majmuasi paydo bo„ldi. Ularning asoschilari:
-
Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Mug„ira ibn
Bardazbeh al-Buxoriy 194/810 yilda Buxoroda tug„ilgan, 256/870 yili
Samarqandning Xartang qishlog„ida vafot etgan.), u “Sahih al-Buxoriy” nomli asar
muallifidir.
-
Imom Abu-l-Husayn Muslim ibn Hajjoj Qushayriy Nishopuriy 202-
261/817-875), u “sahih Muslim” asari muallifidir.
-
Imom Abu Dovud Sulaymon ibn Jorud ibn Ashas Sijistoniy Siystoniy)
202-275/817-889), u “sunani Abi Dovud” asari muallidir.
-
Imom Abu Abdurrahmon ibn Ali ibn Shabiy Nasoiy 215-303/830-915), u
“sunani Nasoiy” asari muallifidir.
-
Imom Abu Abd Alloh Muhammad ibn Yusuf ibn Mojja 209-273/825-
887), u “sunan Ibn Mojja” asari muallifidir.
-
Imom Abu Iso at-Tirmiziy vaf. 279/893 y.), u “Sunan at-Tirmiziy”
asarining muallifidir.
Yana bu muhaddislar qatorida Abdulloh ibn
Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy
Samarqandiyni 181/798-255/869) ham aytib o„tish lozim. U “Sunan ad-Dorimiy”
asari muallifidir. Imom Dorimiy hadis ilmini Samarqandda rivojlantirishga
o„zining katta hissasini qo„shgan.
XI-XII asrlarga kelib Movarounnahrda hadis sohasida ancha olg„a
siljishlar
bo„ldi. Bu davrda yashagan olimlar faqatgina ma‟lum bir chegaralangan doira ijod
qilish bilan kifoyalanmay, balki imkon qadar ilmning ko„proq
qirralariga ega
bo„lishga intilganlar. Shunga ko„ra biror-bir olim masalan, faqatgina mufassir yoki
faqihning o„zi emas, balki bir vaqtning o„zida muhaddis ham bo„lganlar. Chunki
bu davrda, yuqorida aytib o„tilgandek, diniy ixtiloflar kuchaygan edi. Shunga ko„ra
ulamolar
bu ixtiloflarni oldini olish, bartaraf etish uchun har taraflama kuchli
bilimga ega bo„lishlari lozim edi.
O„tilgan mavzu bo„yicha savollar
1.
Qur‟oni Karim qachon nozil bo„la boshladi?
2.
Qur‟on nozil bo„lish davriga ko„ra qanday qismlarga bo„linadi?
3.
Qur‟on qachon yaxlit kitob shakliga keltirildi?
4.
Qur‟on qanday qism va bo„limlardan iborat?
5.
Qur‟onning jamlanishi kimlar tomonidan amalga oshirildi?
6.
Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” haqida nima bilasiz?
7.
Mashhur mufassirlardan kimlarni bilasiz?
8.
Qanday tafsirlarni bilasiz?
9.
Qur‟onning o„zbek tiliga tarjimasi kim tomonidan amalga oshirildi?
10.
Hadis deganda nimani tushunasiz?
11.
Hadislar qachondan boshlab yozila boshlandi?
62
12.
Eng mashhur muhaddislar kimlar?
13.
Qanday hadis to„plamlarini bilasiz?
14.
Qanday hadis turlarini bilasiz?
15.
Imom al-Buxoriy kim bo„lgan?
Seminar
uchun mavzular
1.
Vahyning nozil bo„la boshlashi.
2.
Makka davrida nozil bo„lgan suralar.
3.
Madina davrida nozil bo„lgan suralar.
4.
Qur‟onning jamlanishi.
5.
Tafsirlar
6.
Hadis - Payg„ambar haqidagi rivoyatlar.
7.
Hadislarning jamlanishi va mashhur to„plamlari.
8.
Imom al-Buxoriy - hadis ilmining sultoni.
Adabiyotlar
1.
Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. M., 1991, ss. 141-144, 262-263.
2.
Islam na territorii bivshey Rossiyskoy imperii. Ensiklopedicheskiy slovar.
Vipusk 1.-M., 1998, ss. 47-58.
3.
Xrestomatiya po islamu. Per. s arabskogo. vved. i primech. -M., 1994.
4.
Ismoil Maxdum. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi.
5.
Imom al-Buxoriy. al-Jomi as-sahih: IV jild.
T.: Qomuslar bosh tahr.,
1991-1993.
6.
Imom al-Buxoriy. al-Adab al-Mufrad.
T.: O„zbekiston, 1990.
7.
At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya/Sayid Mahmud Taroziy-Alixon
to„ra tarjimasi. T.: Mehnat nashr., 1991.
8.
At-Termiziy. Sahih at-Termiziy/A.Abdullo tarjimasi.
T.: G„. G„ulom n.
Adab. va san‟at nashr., 1993.
9.
Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. T.: A. Qodiriy n. xalq merosi nashr.,
1995.
10.
Uvatov U. Muhaddislar Imomi. T.: Ma‟naviyat, 1998.
“Agar mendan, nega milliy
qadriyatlarimiz
shuncha
zamonlar osha bezavol yashab
kelayapti, deb so„rashsa, bu-
avvalo
muqaddas
dinimiz
hisobidan, deb javob bergan
bo„lur edim”.
Do'stlaringiz bilan baham: