56. Ma’lumotlar bazasini normallashtirish:
Normallashtirish - bu ma'lumotlar bazasida ortiqcha ishlamaslik, ma'lumotlarni kiritish, tahrirlash va o'chirish me’yorlaridan chetlashishga yo'l qo'ymaslik uchun ma'lumotlar bazasi jadvallarini bir qator normal shakllarga (NF) o'tkazish jarayoni (protsedurasi).
Jadvallar normallashtirilishi kerak bo'lgan samarasiz yoki mos bo'lmagan tuzilmalarga ega bo'lishi mumkin. Normallashtirish asl jadvalni (munosabatni) bir nechta yangi jadvallarga (munosabatlarga) bo'lishni o'z ichiga oladi. Normallashtirish - bu munosabatlarni ma'lumotlarni olish, qo'shish, o'zgartirish va o'chirish uchun yaxshiroq sharoitlarni ta'minlaydigan munosabat holatiga o'tkazish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |