Dialogik yondoshuv. Fanning amaliyot darslarida shaxsning o’z-o’zini faollashtirish, o’zini ko’rsata olish kabi ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Xamkorlikdagi ta’limni tashkil qilish. Talabalarning quyilgan masala yechimlarini olishda birgalikdagi ishlashni joriy etish zarurligi etiborga olingan.
Muammoli ta’lim. Talim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish uchun fan dasturi bilan bog’liq qiziqarli mavzular muhokama qilinishligi, bunda ilmiy bilimning obektiv qarama-qarshiligi, uni hal etish usullari, amaliy faoliyatga ularni qo’llash masalalarni muhokama qilish ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |