Kurs ishi fan mavzulariga taalluqli masalalar yuzasidan talabalarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida beriladi. Kurs ishining hajmi, rasmiylashtirish shakli, baholash mezonlari ishchi fan dasturida va tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Kurs ishini bajarish talabalarda fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak.
Kurs ishlarining namunaviy mavzulari:
Xalqaro biznes rivojlanishining mohiyati va asosiy omillari.
Xalqaro savdo va xalqaro kapital harakati nazariyalari.
Rivojlangan mamlakatlarda xalqaro biznesda faoliyat olib boradigan korxonalar faoliyatini rag’batlantirish tizimi
Xalqaro biznesning asosiy turlari.
Xalqaro biznesni olib boruvchi kompaniyalarning raqobat strategiyalari.
Kompaniyalarning xalqaro raqobatbardoshligini asosiy omillari.
Xalqaro biznes modellari.
Axborot texnologiyalari xalqaro rivojlanish jarayonlariga ta’siri.
Globallashuv sharoitida elektron biznes.
Xizmat ko'rsatish sohasida xalqaro biznes.
Kompaniyalarning bozor faoliyatini tahlil qilish va baholash.
Kompaniyaning tashqi bozor strategiyasini tahlil qilish va baholash.
Xalqaro bozorlarni tadqiq qilish usullari.
Xalqaro bozorlarda raqobatchilarni o'rganish va baholash usullari.