Darsning mazmuni:
Kichik maktab yoshidagi oquvchilarning yosh xususiyatlari oliy maktab pedagogika kursi hamda, asosan, yosh va pedagogik psixologiya kursida bayon etib berilgan. Shuning uchun ham biz faqatgina kichik maktab yoshidagi oquvchilar talim-tarbiya jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqidagina soz yuritamiz. Kichik maktab yoshidagi oquvchilarga emotsional holatlarning uzoq muddatli bolmagan, qisqa muddatli kechishi xosdir. Agar, albatta, emotsional holat chuqur, zulmkorona, qaqshatuvchi bolmasa.
Emosional holatning tez ozgaruvchanligi va yuksak darajadagi moslashuvi kichik maktab yoshidagi oquvchi psixikasining himoya tosigi vazifasini otaydi. Biroq ruhiy zoriqishlarning qisqa muddat davom etishi bu yoshdagi oquvchilarga nisbatan oqituvchiga ehtiyotsizlarcha bosim otkazish huquqini bermaydi (hammasini osongina unutadi-ku, qabilida). Yana bir psixologik haqiqat shu bilan izohlanadiki, kichik boshlangich maktab yoshidagi bolalarga ozidan kattalar himoyasiga muhtojlik, ayniqsa, oqituvchining qollab quvvatlashi xosdir. Har qanday asabiylik vaziyatida u oqituvchiga yordamga muhtoj bolib termulib turadi, undan yordam qollab quvvatlashini kutadi. Agar uning kutgani yuz bermasa, u qaygu bilan yakkama yakka qoldirilsa ruhiy qozgalish ham shunchalik kuchli boladi. Agar oqituvchi tomonidan yordam orniga dakki eshitsa, uning ruhiyati shunchalik kuchli jarohatlanadi.
Konfliktologiya fani boyicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida talim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan, oquvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ham. Yuzaga kelishi jihatidan boshlangich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir boladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli oqituvchi xato harakatlarga yol qoyishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda taqlidiylik oqituvchini yoldan urishi, kutilmagan toqnashuv nihoyatda ogriqli, jarohatli bolishi mumkin.
Tosatdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va kechishi jihatidan tipik bolgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda oqituvchi oz tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan ssenariy asosida ish koradi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga togri keladi, xolos.
Nihoyat, oqituvchi koz oldida shunday vaziyatlar mavjud bolishi kerakki, bunga asosan ziddiyatli holatni yaratish va uning yordamida talim-tarbiyaning olga siljishiga sharoit yaratish mumkin bolsin. Boshlangich sinf oquvchilari talim-tarbiyasi jarayonida sodir boluvchi konfliktli ziddiyatli vaziyatlarni tavsiflashdan oldin asosiy bloklar mazmuni bilan tanishtiramiz. Buning uchun bir necha savollarga javob beramiz:
a) Kichik maktab yoshidagi oquvchilar bilan ishlashda oqituvchi faoliyatida uchraydigan konfliktlar chastotasi qanday?
b) Kimlar orasida ziddiyatlar yuz beradi?
c) Ziddiyatli vaziyatlar qanday mazmunga ega?
d) Umumtalim maktabi boshlangich sinf oquvchilari talim-tarbiyasida uchraydigan konfliktli vaziyatlar oqibatlaridan ijodiy foydalanish qay ahvolda?
Kichik, osmir, katta yoshdagi oquvchilar talim-tarbiyasida yuz beruvchi stressogen konfliktlarning chastotalarini taqqoslash shuni korsatadiki, kichik yoshdagi oquvchilar katta yoshdagilarga nisbatan ancha kamroq bunday vaziyatlarga tushadilar.
Boshlangich sinfni bitirgan oquvchilarni ommaviy sorovnomaga tortish natijasida barcha oquvchilar uchun doimiy bolgan statistik raqamlarni keltirishimiz mumkin.
Sorovnoma toldirganlarning qarib yarmi oqituvchilari bilan oralarida dog bolib qolgan birorta ham konfliktli vaziyatni eslay olishmadi.
Studentlar esa sobiq oqituvchilaridan ornak boladigan biror bir vaziyat haqida javob berisha olmadi.
Konfliktga yol qoymasdan ishlayotgan oqituvchilarning retrobahosi:
birinchi oqituvchi ideal oqituvchi, pedagog namunasi, unga oxshashni butun hayotlari davomida istashadi;
hech qanday nuqsonga ega emas, namunali oqituvchi;
sozsiz namuna sifatida qabul qilishdi.
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga dars bergan oqituvchi haqida faqat yaxshi fikr bildirishdi.
mutlaq tajribali, oz ishining ustasi.
eng yorqin va quvonchli xotira saqlanib qolgan.
tort yil davomida yetti oqituvchi almashdi, hammasi ajoyib kishilar edi.
men oqituvchimning biror marta chegaradan chiqqanligini kormadim.
oqituvchimizni sevamiz va hozirgacha eslaymiz.
oqituvchi onamizdek edi, uni juda sevardik.
konfliktlar yuz bergani yoq, oqituvchining obrosi shu darajada yuksak ediki, uning har bir sozi biz uchun qonun edi.
nizolar yoq edi, oqituvchi oquvchilar va ota onalar orasida sozsiz obroga ega edi.
u farishta edi, har qanday nuqsonlardan xoli...
Koramizki, boshlangich sinf oqituvchilarini retrobaholash maqsadsiz kishi qiyofasini asoslaydi, goyoki bunday shaxs maktabda birinchi marta paydo bolgani kabi. Shu bilan birga baholashning asosga ega qismi diqqatni tortadi. Oqituvchilarga berilgan alo baho ularning jarohat yetkazmasdan, ziddiyatsiz kasbiy faoliyatiga tegishli bolib, ular sirasiga ajoyib inson, yaxshi pedagog, bolalarga mehribon, onalardek mehribon, qoloq oqituvchilarni etiborsiz qoldirmaydi, oquvchilarni dostlashtira olgan, talabchan va adolatli, nazokatli kabi sifatlashlar mansub. Ideal oqituvchidan oquvchilar ayrim hollarda nuqson ham topishdi: kop diqqatini oz ust boshiga qaratadi; uning kiyim boshiga maftun bolgan ayrim oquvchilar mashgulotga yaxshi diqqat qilishmasdi; kopincha faqat alochilarni maqtab, qoloq oquvchilarga oz diqqat qaratardi, kopincha tutaqib, baqirar edi.
Taxmin qilish mumkinki, kopgina nizoli toqnashuvlar kuzatuvdan chetda qoldi. Nimadir oquvchilar xotirasidan ochib ketgan bolishi mumkin. Biroq bolajak oqituvchining kasbiy fikrlashi uchun maktabda kichkintoylar bilan olib boriladigan pedagogik muloqotning ruhiy muvozanatli, prinsip jihatdan ular ruhiyatiga jarohat yetkazmaslik muhimdir. Bunga qoshimcha ravishda oqituvchining kichik maktab oquvchilari bilan boladigan muloqotida ozaro ziddiyatsiz munosabatga oid yana bir xulosani qoshish joizdir. Bu har bir oqituvchining bolajak muloqotda oz oldiga maqsad qoya bilishi va oz kasbiy pedagogik faoliyati modelini yuqorida tilga olingan oqituvchilar namunasida qura bilishi bilan bogliq xulosadir.
Maktab oquvchilari xotirasida uzoq muddat hattoki butun umr davomida saqlanib qoluvchi nizoli vaziyatlarni yoritishga urinib koramiz. Konfliktlarga oid faktografik malumotlarni ilmiy qayta ishlash natijasida umumiy talimning birinchi bosqichida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlarga bir necha tomondan yondashish mumkin boladi. Konfliktli nizoli hodisalarning butun manzarasini koz oldimizga keltirishimiz uchun quyidagi bir guruh faktlarga murojaat qilishga togri keladi:
konfliktda qatnashuvchilar haqida malumot, konfliktli vaziyatlar, ularning ssenariysi mohiyati haqidagi malumotlar. Uning oqibatlari haqidagi malumotlar ham shunga mansubdir.
Boshlangich sinflarda nizolashuvchilar tarkibi turgun va asosiy tomonlar sifatida oquvchilar va oqituvchilar ishtirok etadi.
Konfliktlarning quyidagi turlari qoshilib ketadi: bir tomondan qoloq oquvchilar bilan yaxshi ozlashtiruvchi oquvchilar, obroli va obrosiz oquvchilar, ogil va qiz bolalar, ogil bolalar guruhi bilan qiz bolalar ortasida nizolashuv mavjud boladi. Ikkinchi tomondan har har xil malaka va mahoratga ega bolgan oqituvchilar ortasida nizolashuv yuz beradi. Ular orasida juda obroli, ota talabchanlar, oquvchilar nazarida ortacha reytingga ega bolganlar hamda yuksak pedagogik mahortaga ega bolgan oqituvchilar ham mavjud.
Nizolashuvchi tomonlar orasida oldingi orinni kuchli oqituvchilar egallaydi. Oqituvchilar bilan nizolashuvchi oquvchilar soni ozlashtirish va davomat boyicha teng sonlidir. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, oquvchilar bilan ishlashda nizolashuvchi oqituvchilar (eslatamiz, ular nizolashuvchilarning yarmini tashkil etadi) reyting boyicha barcha kasbiy darajalarni oz ichiga oladi.
Boshlangich sinflarda yuz beradigan nizoli mojarolarni mazmun va ssenariya boyicha uch guruhga ajratish mumkin:
Didaktik
Axloqiy (Estetik)
Va boshqa nizolar
Nizoli toqnashuvlarning real manzarasini togri tasavvur etish uchun ularning qisqacha tavsifiga murojaat qilamiz. Ularning oziga xos invertarlash”dan song muhokama, sharh va xulosalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |