Fanning ishchi o’quv dasturi ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi


O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan jumboqlar



Download 1,96 Mb.
bet65/163
Sana08.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#330235
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
Bog'liq
kerakli konfliktologiya

O’quvchi tomonidan yo’l qo’yiladigan jumboqlar

O’qituvchi eshitadi.

O’quvchi o’zaro harakat qiladi.

O’qituvchi yordamlashadi, maslahat beradi.

O’qituvchi o’quvchiga ko’maklashishni istaydi.

O’qituvchi o’quvchi tomonidan sodir etilgan qilmish haqida qaror qabul qiladi.

O’qituvchi o’quvchi ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.

O’qituvchi o’quvchining qarorga kelishini yengillashtiradi.



O’qituvchida sodir bo’ladigan jumboqlar

O’qituvchi o’zaro harakatni boshlaydi.

O’qituvchi gapiradi.

O’qituvchi ta’sir ko’rsatadi.

O’qituvchi o’z – o’ziga ko’maklashmoqchi bo’ladi.

O’qituvchi mustaqil ravishda o’zini qoniqtiruvchi qarorga keladi.

O’qituvchi o’z ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.

O’qituvchi faollik bilan jumboqni o’zi hal etadi.

Ko’rinadiki, pedagog tomonidan hal etiladigan turli – tuman vazifalar bir – biridan farq etuvchi xulq – atvorga bog’liq usullarni qo’llashni talab etadi. Jadvaldan kelib chiquvchi xulosalar natijasida quyidagilar oydinlashadi:



  1. O’quvchilar bilan hamkorlik qilishda hal etilishi lozim bo’lgan pedagogik jumboq kimga tegishli ekanligini hisobga olish kerak.

  2. Agar jumboq o’quvchiga tegishli bo’lsa, o’qituvchi maslahatchi rolida chiqishi maqsadga muvofiqdir.

  3. Jumboq o’qituvchining o’ziga tegishli bo’lgan taqdirda maslahatchilik pozisiyasi samarasiz natija beradi.

Agar muammo – jumboq sizning o’zingizda bo’lsa, nima qilmoq kerak? Bunday taqdirda sizda uchta imkoniyat mavjud:

  1. O’quvchi bilan ishlash;

  2. Muhit bilan ishlash;

  3. O’z ustida ishlash.

Shularga mos ravishda siz quyidagi faoliyat yo’nalishlarini tanlab olishingiz mumkin:

Birinchi yo’nalish – o’quvchi xulqini o’zgartirishga urinish.

Ikkinchi yo’nalish – muhit, vaziyatni o’zgartirishga urinish.

Uchinchi yo’nalish – o’z xulq – atvorini o’zgartirishga urinib ko’rish.

Tasavvur eting – Abdullayeva Sevara – sizning o’quvchingiz doimo dars paytida sizning gapingizni bo’ladi, darsni doim buzishga harakat qiladi, deylik, chunki u uning uy vazifalarini muntazam ravishda tekshirishingizni istaydi, siz uni maqtab, hamma vazifalarni to’g’ri bajaribsan, balli deb rag’batlantirishingizni kutadi. Bunday holat siz uchun ma’qul ko’rinmaydi. Unda nima qilish kerak?


  1. Siz uni jim o’tirishga majbur qilishingiz mumkin (O’quvchi xulqini o’zgartirish).

  2. Butun sinfga o’z-o’zini tekshirish bo’yicha vazifa berishingiz mumkin (Muhitni o’zgartirish).

  3. Siz o’zingizga: “ U juda ham nomustaqil qiz, biroq o’zgarishi mumkin”, yoki “ Unga boshqalarga nisbatan ko’proq diqqat qilishim lozim” (O’z xulq – atvorini o’zgartirish).

Birinchi usulni ko’rib chiqamiz.

Birinchi usul o’quvchi bilan ziddiyatga uchrashingizni taqozo etadi, siz o’quvchining qilmishi sizga xalal berayotganligini unga tushuntirasiz, sizning zavq bilan mashg’ulot o’tish huquqingizni poymol etayotganligini aytasiz. Buning uchun siz yetarli darajada jasoratga ega bo’lishingiz talab etiladi.

Afsuski mazkur usulni qo’llagan aksariyat pedagoglar quyidagi to’siqlarga duch keladilar:


  1. O’quvchilarning noroziligiga sabab bo’ladi.

  2. O’quvchilar o’qituvchi ularni nodon deb o’ylayapti, hech narsa qo’lidan kelmaydigan ro’dapolar deb o’ylayapti degan fikrga kelishadi.

  3. Pedagogning o’quvchilar his – tuyg’ulari bilan zarracha ham qiziqmayotganligini ko’rsatadi.

  4. O’quvchilarni aybdor qilib uyatga qo’yadi.

  5. Bolaning o’z-o’zini baholash qobiliyatini pasaytirib yuboradi.

  6. O’quvchilarning o’z-o’zini himoyalash qobiliyatini faollashtiradi.

  7. O’quvchilarda bolalarga g’azablanish va qasoskorlik tuyg’ularini uyg’otadi.

  8. O’quvchilar passivligiga sabab bo’ladi.

Ma’lumki, hech qaysi o’qituvchi bunday natijaga erishishni istamaydi. U faqatgina o’z huquqini hurmat etilishini istaydi, xolos.

O’qituvchilar tomonidan ishlatiladigan dakkilar birinchi usul orqali berilganda o’quvchilarni “Men yomonman” istehkomida to’playdi va quyidagi guruhlarga bo’linadi:



  1. To’g’ri qabul qilishga undaydigan dakkilar

  2. Bevosita dakkilar

  3. Bilvosita dakkilar

To’g’ri qabul qilishga mo’ljallangan dakkilar o’quvchi xulq – atvorida sodir bo’layotgan, o’qituvchi uchun noma’qul bo’lib ko’ringan nuqsonlarni tuzatishga mo’ljallanadi.

Ularning besh turi mavjud:



  1. Buyruqlar – Hoziroq og’zingdagi saqichni tashla!

  2. Tahdid, ehtiyotkorlikka chaqirish – agar vazifani tayyorlamasang, seni darsdan so’ng olib qolib, uni bajarishga majbur qilaman!

  3. Pand – nasihat – qizlar bilan o’ynab yurmasang, fanni yaxshi o’zlashtirishing mumkin edi.

  4. Uqtirish – kitob chizish uchun emas, o’qish uchun mo’ljallangan.

  5. Maslahat – men sening o’rningda bo’lganimda hech qachon bu ishni qilmasdim.

Bunday dakkilar bir onda o’quvchini unga aytilgan harakatni bajarishga undaydi.

Ikkinchi xil dakkilar birinchisiga qaraganda “battar”roqdir. Bunday dakkilar bolani yer bilan yakson etadi, ezadi. Ular 6 ta turga bo’linadi:



  1. Ayblov. Tanqid. Qarama – qarshi qo’yish.

  • maktabda qanday favqulodda hodisa yuz bersa, men aminmanki, bunga sabab – Saidov.

  • jonimga ham tegib ketding sen!

  1. Ustidan kulish. Shaxsiga tegish, Tahqirlash.

  • Sizlar kechikib, o’g’ri mushukdek eshik orqasida turasizlar...

  1. Tahlil. Bashorat.

  • Bolalar intizom masalasida sizlarda biror muammo bormi?

  • Saidov tushunaman, doskadagi yozuving bilan o’z savodingni ko’z – ko’z qilmoqchimisan. Orfografik xato qilmaslik sohasida ham, koshki, shunga erishsang edi.

  1. Rag’batlantirish. Ijobiy baholash.

  • Shunday ajoyib kunda sinfda o’tirish qiyin, to’g’rimi bolalar?

  • Men albatta, sizlarni tushunib turibman, birozdan so’ng siz yoqtirgan multserial boshlanadi, biroq maktabdagi mashg’ulotlaringiz soat beshda tugashini esdan chiqarmang!

  1. Aniqlash. So’roq qilish. Tekshirish.

  • Nega endi sizlar o’z joyingizda o’tirmayapsizlar?

  • Sen imtihonlardan qanday o’tmoqchisan o’zi, shuncha mashg’ulotlarga qatnashmagan bo’lsang?

  • Kim deraza oynasini sindirdi, darhol javob bering!

Mazkur dakkilarning barchasida, afsuski, salbiy ohang mavjud. Yuqoridagi kabi ko’plab dakkilarni o’quvchilar har kuni eshitishadi.

Ko’pgina o’qituvchilar bilvosita ta’sir etuvchi e’tirozlardan foydalanishni afzal ko’rishadi. Chunki bunday e’tirozlar o’quvchilar tomonidan og’riqsiz qabul qilinadi.



  • Sizlarning o’zlaringni bunday tutishlaring menga yoqmayapti. (“Shahzoda lug’ati”).

Birinchidan, bunday e’tiroz o’qituvchiga mas’uliyat yuklaydi, ikkinchidan, esa o’quvchiga odob normalariga amal qilish lozimligini eslashadi, uning mas’uliyatini oshiradi.

Bundan tashqari bunday e’tirozlar o’quvchi shaxsini salbiy baholashga xizmat qilmaydi, o’quvchi o’qituvchi talabiga peshvoz chiqadi, unga qarshi chiqmaydi, g’azablanmaydi. Ilgari namuna keltirganimiz e’tirozlardan bunday e’tirozlar quyidagi afzalliklarga ega:



  1. Ular o’quvchilarda o’z axloqlarini tuzatish istagini tug’diradi.

  2. Ular o’quvchilarga minimal darajada salbiy ta’sir ko’rsatadi.

  3. O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatga putr yetkazmaydi.

Pedagog va o’quvchi qadriyatlari to’qnashganda diniy maslagi, qiziqishlari, shaxsiy didi, yashash muhiti, g’oyasi va h.k. hech qanday hamkorlik usuli yordam bermaydi.

Ko’pchilik hollarda bunday ziddiyatlar quyidagi hollarda ro’y berishi mumkin:


  • O’g’il bolaning sochi uzun bo’lganda;

  • qiz bola shim kiyib yurganda;

  • kiyinish va yurish turish bilan bog’liq bo’lgan boshqa hollarda (qiz bola labini bo’yaganda, o’g’il bola mo’ylov qo’yganda va h.k.)

  • tozalik masalasida;

  • lug’atga kirmagan so’zlar ishlatilganda;

  • axloq – odob doirasida.

Albatta, ba’zi pedagoglar bunday konfliktlardan qochish uchun, e’tibor bermaslikka harakat qiladilar. Biroq, baribir chora ko’rmasa bo’lmaydi. Milliy qadriyatlar tarixi, ularning yutuq va kamchiliklari haqida o’qituvchi tomonidan qilinadigan samimiy rivoyatlar bunday ziddiyatlarning oldini olishi mumkin (Masalan, ovqatni qo’l bilan yeyish, kishi oldida burun tozalash, gilam ustida oyoq kiyim bilan yurishning tibbiy zarari haqida).

O’qituvchi bunday ziddiyatlarning oldini olishi uchun quyidagi maslahatlarni yodidan chiqarmasa maqsadga muvofiq bo’lar edi:



  1. U o’quvchi axloqini o’zgartirishga agar uni maxsus taklif qilishgan bo’lmasa urinmasligi lozim.

  2. U o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o’rganishi kerak.

  3. Maslahat bosimsiz, uzoqqa cho’zilmasligi kerak.

Mazkur bobni xulosalar ekanmiz, biz Tomas Gordonning quyidagi qoidalarini keltirishni lozim ko’rdik:

“Siz va men munosabatda bo’lar ekanmiz, men bunday munosabatni qadrlayman va davom ettirish tarafdoriman. Shu bilan birga bizning har birimiz o’z ehtiyojlariga ega bo’lgan va bu ehtiyojlarni qondirishni haqli ravishda istaydigan o’ziga xos shaxslarmiz”. Men, o’z navbatida, sizning yurish – turishingizni ma’qul ko’rishim mumkin, agar siz o’z ehtiyojlaringizni qondirayotganda mening ehtiyojlarimni qondira olsangiz”.



Xulosa

Shunday qilib, o’qituvchi tomonidan sodir qilinadigan muammoli vaziyatlarni tabaqalashtirish va ularni samarali hal etish usullari bilan tanishar ekanmiz, har bir o’qituvchi o’z oldiga bolaga “zarar yetkazma” degan kasbiy kodeksga amal qilishi lozim.

Pedagogik muloqotda qadriyatlarga doir to’siqlarning vujudga kelishi va ularni hal etish yo’llari bilan tanishar ekanmiz, har bir o’qituvchi o’quvchi axloqini o’zgartirishga agar uni maxsus taklif qilishgan bo’lmasa urinmasligi lozim, o’quvchi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o’rganishi kerak, maslahat bosimsiz, uzoqqa cho’zilmasligi kerak.


Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish