Oquvchi tomonidan yol qoyiladigan jumboqlar
Oqituvchi eshitadi.
|
Oquvchi ozaro harakat qiladi.
|
Oqituvchi yordamlashadi, maslahat beradi.
|
Oqituvchi oquvchiga komaklashishni istaydi.
|
Oqituvchi oquvchi tomonidan sodir etilgan qilmish haqida qaror qabul qiladi.
|
Oqituvchi oquvchi ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.
|
Oqituvchi oquvchining qarorga kelishini yengillashtiradi.
|
Oqituvchida sodir boladigan jumboqlar
|
Oqituvchi ozaro harakatni boshlaydi.
|
Oqituvchi gapiradi.
|
Oqituvchi tasir korsatadi.
|
Oqituvchi oz oziga komaklashmoqchi boladi.
|
Oqituvchi mustaqil ravishda ozini qoniqtiruvchi qarorga keladi.
|
Oqituvchi oz ehtiyojlarini qondirishdan manfaatdor.
|
Oqituvchi faollik bilan jumboqni ozi hal etadi.
|
Korinadiki, pedagog tomonidan hal etiladigan turli tuman vazifalar bir biridan farq etuvchi xulq atvorga bogliq usullarni qollashni talab etadi. Jadvaldan kelib chiquvchi xulosalar natijasida quyidagilar oydinlashadi:
Oquvchilar bilan hamkorlik qilishda hal etilishi lozim bolgan pedagogik jumboq kimga tegishli ekanligini hisobga olish kerak.
Agar jumboq oquvchiga tegishli bolsa, oqituvchi maslahatchi rolida chiqishi maqsadga muvofiqdir.
Jumboq oqituvchining oziga tegishli bolgan taqdirda maslahatchilik pozisiyasi samarasiz natija beradi.
Agar muammo jumboq sizning ozingizda bolsa, nima qilmoq kerak? Bunday taqdirda sizda uchta imkoniyat mavjud:
Oquvchi bilan ishlash;
Muhit bilan ishlash;
Oz ustida ishlash.
Shularga mos ravishda siz quyidagi faoliyat yonalishlarini tanlab olishingiz mumkin:
Birinchi yonalish oquvchi xulqini ozgartirishga urinish.
Ikkinchi yonalish muhit, vaziyatni ozgartirishga urinish.
Uchinchi yonalish oz xulq atvorini ozgartirishga urinib korish.
Tasavvur eting Abdullayeva Sevara sizning oquvchingiz doimo dars paytida sizning gapingizni boladi, darsni doim buzishga harakat qiladi, deylik, chunki u uning uy vazifalarini muntazam ravishda tekshirishingizni istaydi, siz uni maqtab, hamma vazifalarni togri bajaribsan, balli deb ragbatlantirishingizni kutadi. Bunday holat siz uchun maqul korinmaydi. Unda nima qilish kerak?
Siz uni jim otirishga majbur qilishingiz mumkin (Oquvchi xulqini ozgartirish).
Butun sinfga oz-ozini tekshirish boyicha vazifa berishingiz mumkin (Muhitni ozgartirish).
Siz ozingizga: U juda ham nomustaqil qiz, biroq ozgarishi mumkin, yoki Unga boshqalarga nisbatan koproq diqqat qilishim lozim (Oz xulq atvorini ozgartirish).
Birinchi usulni korib chiqamiz.
Birinchi usul oquvchi bilan ziddiyatga uchrashingizni taqozo etadi, siz oquvchining qilmishi sizga xalal berayotganligini unga tushuntirasiz, sizning zavq bilan mashgulot otish huquqingizni poymol etayotganligini aytasiz. Buning uchun siz yetarli darajada jasoratga ega bolishingiz talab etiladi.
Afsuski mazkur usulni qollagan aksariyat pedagoglar quyidagi tosiqlarga duch keladilar:
Oquvchilarning noroziligiga sabab boladi.
Oquvchilar oqituvchi ularni nodon deb oylayapti, hech narsa qolidan kelmaydigan rodapolar deb oylayapti degan fikrga kelishadi.
Pedagogning oquvchilar his tuygulari bilan zarracha ham qiziqmayotganligini korsatadi.
Oquvchilarni aybdor qilib uyatga qoyadi.
Bolaning oz-ozini baholash qobiliyatini pasaytirib yuboradi.
Oquvchilarning oz-ozini himoyalash qobiliyatini faollashtiradi.
Oquvchilarda bolalarga gazablanish va qasoskorlik tuygularini uygotadi.
Oquvchilar passivligiga sabab boladi.
Malumki, hech qaysi oqituvchi bunday natijaga erishishni istamaydi. U faqatgina oz huquqini hurmat etilishini istaydi, xolos.
Oqituvchilar tomonidan ishlatiladigan dakkilar birinchi usul orqali berilganda oquvchilarni Men yomonman istehkomida toplaydi va quyidagi guruhlarga bolinadi:
Togri qabul qilishga undaydigan dakkilar
Bevosita dakkilar
Bilvosita dakkilar
Togri qabul qilishga moljallangan dakkilar oquvchi xulq atvorida sodir bolayotgan, oqituvchi uchun nomaqul bolib koringan nuqsonlarni tuzatishga moljallanadi.
Ularning besh turi mavjud:
Buyruqlar Hoziroq ogzingdagi saqichni tashla!
Tahdid, ehtiyotkorlikka chaqirish agar vazifani tayyorlamasang, seni darsdan song olib qolib, uni bajarishga majbur qilaman!
Pand nasihat qizlar bilan oynab yurmasang, fanni yaxshi ozlashtirishing mumkin edi.
Uqtirish kitob chizish uchun emas, oqish uchun moljallangan.
Maslahat men sening orningda bolganimda hech qachon bu ishni qilmasdim.
Bunday dakkilar bir onda oquvchini unga aytilgan harakatni bajarishga undaydi.
Ikkinchi xil dakkilar birinchisiga qaraganda battar”roqdir. Bunday dakkilar bolani yer bilan yakson etadi, ezadi. Ular 6 ta turga bolinadi:
Ayblov. Tanqid. Qarama qarshi qoyish.
Ustidan kulish. Shaxsiga tegish, Tahqirlash.
Sizlar kechikib, ogri mushukdek eshik orqasida turasizlar...
Tahlil. Bashorat.
Bolalar intizom masalasida sizlarda biror muammo bormi?
Saidov tushunaman, doskadagi yozuving bilan oz savodingni koz koz qilmoqchimisan. Orfografik xato qilmaslik sohasida ham, koshki, shunga erishsang edi.
Ragbatlantirish. Ijobiy baholash.
Shunday ajoyib kunda sinfda otirish qiyin, togrimi bolalar?
Men albatta, sizlarni tushunib turibman, birozdan song siz yoqtirgan multserial boshlanadi, biroq maktabdagi mashgulotlaringiz soat beshda tugashini esdan chiqarmang!
Aniqlash. Soroq qilish. Tekshirish.
Nega endi sizlar oz joyingizda otirmayapsizlar?
Sen imtihonlardan qanday otmoqchisan ozi, shuncha mashgulotlarga qatnashmagan bolsang?
Kim deraza oynasini sindirdi, darhol javob bering!
Mazkur dakkilarning barchasida, afsuski, salbiy ohang mavjud. Yuqoridagi kabi koplab dakkilarni oquvchilar har kuni eshitishadi.
Kopgina oqituvchilar bilvosita tasir etuvchi etirozlardan foydalanishni afzal korishadi. Chunki bunday etirozlar oquvchilar tomonidan ogriqsiz qabul qilinadi.
Sizlarning ozlaringni bunday tutishlaring menga yoqmayapti. (Shahzoda lugati).
Birinchidan, bunday etiroz oqituvchiga masuliyat yuklaydi, ikkinchidan, esa oquvchiga odob normalariga amal qilish lozimligini eslashadi, uning masuliyatini oshiradi.
Bundan tashqari bunday etirozlar oquvchi shaxsini salbiy baholashga xizmat qilmaydi, oquvchi oqituvchi talabiga peshvoz chiqadi, unga qarshi chiqmaydi, gazablanmaydi. Ilgari namuna keltirganimiz etirozlardan bunday etirozlar quyidagi afzalliklarga ega:
Ular oquvchilarda oz axloqlarini tuzatish istagini tugdiradi.
Ular oquvchilarga minimal darajada salbiy tasir korsatadi.
Oqituvchi va oquvchi orasidagi munosabatga putr yetkazmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |