Fanning asosiy bo‘limlari
Mehnatni muhofaza qilish fani asosan quyidagi 6 bo‘limdan iborat:
Mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslari.
Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari.
Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi.
Xafsizlik texnikasi asoslari.
Yong‘in xavfsizligi.
Jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Fanning nazariy asoslarida mehnat muhofazasining ergonomik va psixologik asoslari, zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishning аsоsiу уo‘llari, mehnat sharoiti va xavfsizligini aniqlovchi asosiy omillar tahlili, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitining xusu-siyatlari, mehnat sharoiti va xavfsizligini tekshirish usullari, ishlarning jismoniy og‘irligi va zararliligi bo‘yicha tasniflanishi, jarohat-lanish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilishni boshqarish asos-lari, mehnat xavfsizligi ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasbiy kasallanishning profilaktik asoslari, mehnatni muhofaza qilishning ijtimoiyiqtisodiy jihatlari kabi masalalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |