KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo’lidan, mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lidan izchil harakat qilib borar ekan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasida ulkan yutuqlarga erishdi. “Mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha tanlagan strategiyamizni va Inqirozga qarshi qabul qilgan dasturimizni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizga katta mamnuniyat va iftixor bag’ishlaydi, albatta. 2014 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 8,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,3 foizga ko’paydi, qishloq xo’jaligidagi o’sish 6,9 foizni tashkil etdi, chakana savdo aylanmasi 14,3
foizga oshdi”1.
Hozirgi globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakitimizni barqaror rivojlantirish, iqtisodiy o’sish jarayonlarini jadallashtirish hamda uni yangi sifat bosqichiga ko’tarish strategiyasini belgilashda iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalarini, undagi yutuq hamda kamchiliklarni tahlil qilish, aniqlash va baholash muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli ham hozirgi zamon iqtisodchi kadrlaridan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy kontseptsiyalar bilan yaxshi tanish bo’lishlari, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning mohiyatini chuqur bilishlari, ularni tahlil qilish va baholash malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nkmalariga ega bo’lishlari talab etiladi.
Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘lamini kengaytirish bilan bog‘liq masala-larning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Mаkroiqtisodiyot” fani muhim ahamiyat kasb etadi
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O‘zbekiston Res-publikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” hamda “Asosiy vazifamiz
– Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” nomli asarlarida keltirilgan ma’lumotlar, asosiy tushuncha va qarashlar, ustuvor yo‘nalishlar va xulosalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatlarida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Prezident Islom Karimovning 2015 yil 16 yanvardagi “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” nomli ma’ruzasi /Халқ сўзи газетаси, 17 январ/
Do'stlaringiz bilan baham: |