100
o‘simliklar o‘sadi. To‘qaylarning tuprog‘i bo‘z va qo‘ng‘ir tuproqdan iborat.
Yuqori mintaqalarda toshloq maydonlar ham uchraydi. To‘qaylardan qishloq
xo‘jaligida, chorva boqishda ma’lum darajada foydalaniladi. Prof ssor I. I.
Granitov bunday joylarni k lgusida o‘zlashtirish k rakligi haqida gapirib, u
yerlarda kichik-kichik suv omborlari barpo etish lozimligini ta’kidlagan edi.
To‘qaylar daryo yoqalariga yaqin bo‘lganligidan, u yerda o‘sadigan o‘simliklar
turli-tumandir. Quyida to‘qayzorlarda o‘sadigan o‘sadigan o‘simliklarning ba’zilari
bilan tanishamiz.
Yulg‘un
. (Tamarix litvinovii) yulg‘undoshlar oilasidan, bo‘yi 5 6 m.ga
yetadigan buta yoki kichik daraxtdir. Tanasining po‘stlog‘i kul rang. Poyasi va
shoxchalari ingichka, shoxchalari ildiz tubidan chiqadi. Barglari d yarli
duksiyalangan, cho‘zinchoq, oval shaklida, uchi o‘tkir. Yulg‘un apr l-may
oylarida gullaydi. Gullari mayda, binafsha rangda, diam tri 2 4 mm.ga yaqin
bo‘lib novdaning uchida zich to‘pgul hosil qilgan.
M vachasi sentabr oyida pishadi. M vasi 3 4 qirrali, ko‘sakcha ichida
ko‘p urug‘ bo‘ladi. Urug‘i mayda. Yulg‘un, asosan, to‘qayzorlar-da qisman
sho‘rxoq tuproqli yerlarda o‘sadi. U Buxoro, Xorazm, Qoraqalpogiston vohalarida
ko‘p o‘sadi, uning tanasi juda mustahkam va chiroyli bo‘lganligidan, mahalliy xalq
undan har xil maqsadlarda, ayniqsa, kamchin dasta uchun foydalaniladi.
Yulg‘unning novda va shoxlari tarkibida 13 %ga yaqin tanid moddasi borligi
aniqlangan. U ko‘mir tayyorlashda va yoqilgi sifatida muhim ahamiyatga egadir.
Jiyda
(Elaeagnus orietalis L.) jiydadoshlar oilasidan, bo‘yi 3 m.ga yetadigan
daraxtdir. Tanasi qizgish-kulrang. Barglari tuxumsimon-cho‘-zinchoq yoki
lans simon, uzunligi 1,5 5 sm, eni 7 20 mm, novdalari-ning uchi, ko‘pincha,
tikanli bo‘ladi. Yosh novdalarining usti va barglari qumushsimon-yaltiroq mayda
g‘uborlar bilan qoplangan. Jiyda may oyida gullaydi. Gullari mayda, ko‘rimsiz
kumushsimon oq rangli, juda ham yoqimli xidlidir. M vasi sentabr oktabr oylarida
pishadi. Umaydaroq, uzunligi 1 2 sm.ga yetadi. Ukam et, usti qizgish-sariq tusda.
Uning tarkibida 60 %ga yaqin qand moddasi bor. Shu sababli ham uning m vasi
spirt sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Uning m vasidan kis l va
kompotlar ham tayyorlatsh mumkin. Jiyda m vasidan mahalliy xalq dori (ich
qotiruvchi, qizamiqni yengillashtiruvchi) sifatida foydalaniladi. Jiydaning danagida
moy ham ko‘p bo‘ladi, uning yog’ochi qattik bo‘lganligidan turli qurilish
mat riallari sifatida k ng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: