Fanni o’qitish metodikasi” O’quv moduli “Tasdiqlayman” Hududiy markaz direktori: A. Sh. Xolmurodov



Download 0,54 Mb.
bet17/34
Sana11.03.2022
Hajmi0,54 Mb.
#490179
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
3.1. Fanni o\'qitish metodikasidoc

«Shamol esmoqda» mashqi
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida o’tirishadi. Bir o’quvchi aylana markazida turadi va boshlovchi vazifasini bajaradi. Boshlovchi «shamol esmoqda, esmoqda ... tomonga esmoqda» deydi. Bunda boshlovchi boshqa ishtirokchilarga yoki butun guruhga xos bo’lgan o’ziga xos belgilardan birini (masalan: uning ko’zining rangi, shakli, kiyimining belgisi, ruhiy xususiyatlari va hokozo) aytadi. Bu belgi kimga xos bo’lsa, u joyidan turadi. Bir necha ishtirokchi joyidan turgach, ular aylana bo’yicha yura boshlashadi. Bu payt boshlovchi «shamol tindi!» deyishi bilan hamma, jumladan, boshlovchi ham avval o’tirgan joylarini egallashga shoshiladilar. Joy yetmay qolgan ishtirokchi boshlovchi bo’ladi. Bunda boshlovchidan boshqa hech kim begona o’rinlarga o’tirmasligi uqtiriladi Qisqa vaqt ichida o’tkaziladigan bunday tetiklashtiruvchi mashq orqali avval o’rganilgan leksik material xotirlanishi mumkin.
«Bunga-Yunga» mashqi
O’yin ishtirokchilari doira shaklida tik turishadi. Boshlovchi boshqa ishtirokchilar qatorida turib ma’lum bir tovushni iloji boricha cho’zib talaffuz qiladi. Keyingi ishtirokchilar bu tovushni navbati bilan cho’zib talaffuz qilishadi va shu tarzda o’yin boshlovchiga qadar davom etadi. So’ngra barcha ishtirokchilar baland sakrab «Bunga-Yunga» deya qichqiradilar. Mashq 3 marta takrorlanadi. Bu mashq ayrim tovushlar talaffuzini takomillashtirish va qon aylanishini yaxshilashni yo’lga qo’yadi va ishtirokchilarning umumiy kayfiyatini ko’taradi.

3.2. MODUL

AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI

4-mavzu: О‘qish darslarida о‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini о‘stirish, nutq madaniyatini shakllantirish texnologiyasi


Mashg‘ulot maqsadi: о‘qish darslarida о‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini о‘stirishdagi ilgor usullar, о‘quvchilarda nutq madaniyati va notiqlik san’atini shakllantirish bо‘yicha kо‘rsatmalar berish.

Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy о‘stiriladi. Darsda о‘qilganasarni о‘quvchilar ongli tushunishi, asosiymazmunini, g‘oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qо‘llanadi. О‘qilgan asarni analiz qilishda har xil ish uslublaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, о‘qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni о‘quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo о‘qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni sо‘raydi. Natijada о‘qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. О‘qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.


Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish о‘quvchilardan ongli ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini analiz qilishni talab etadi. О‘qish bilan bog‘liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablashaboradi.
Boshlang‘ich sinflarning о‘qish darslarida о‘quvchilar nutqini о‘stirish vositalaridan biri turli uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida tо‘liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang‘ich sinfо‘quvchilari uchun matnni tо‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalashancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda о‘qilgan hikoya mazmuni yuzasidan о‘qituvchining savoli,о‘quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar о‘rtasidagi bog‘lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol о‘ynaydi. О‘quvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. О‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida sо‘zlab berishga, voqealarni izchil bayon qilinishga va о‘zaro bog‘liqligini yoritishga yо‘naltirilishi lozim.
О‘quvchi о‘qilgan asar mazmunini о‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar о‘zaro bog‘lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.
Kо‘pincha boshlang‘ich sinf о‘quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba’zan notо‘g‘ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. Shuning uchun ham о‘qituvchi savolni juda о‘ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, о‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog‘lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni о‘zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yordam beradigan bо‘lishi lozim. О‘quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq kо‘z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
О‘qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda о‘quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bо‘ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga о‘tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. О‘quvchilar о‘qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida о‘qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratliligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida о‘ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, о‘quvchilar topgan sarlavhani jamoaviy muhokama qilish, reja tuzish jarayonining о‘zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda о‘z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim.
Asarni о‘qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda о‘zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash о‘qituvchi savoliga javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir.
О‘qilgan asar mazmunini о‘zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bо‘linadigan, bu bо‘limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga о‘rgatish quyidagicha uyushtiriladi: о‘qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qо‘ygan qismini о‘qiydi va о‘quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda о‘quvchilar ba’zan asardagi sо‘zlardan foydalanadilar. Bu о‘quvchilarga qiyinlik qilsa, bо‘limdagi asosiy fikrni о‘z sо‘zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin о‘quvchilar о‘qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va о‘quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. О‘qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 2- sinfdan boshlab о‘rgatiladi.
Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini о‘stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda о‘quvchi: 1) о‘qilgan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib sо‘zlab beradi; 2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yо‘nalishida sо‘zlab beradi.
О‘quvchilarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang‘ich sinf izohli о‘qish darslarida keng qо‘llaniladigan metodik usullar yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash; 2) hikoyadati bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash; 3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
О‘quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda о‘qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni о‘stiradi va о‘qilgan matn mazmunini о‘zlashtirishga yordam beradi.
Hikoyani о‘qish bilan bog‘liq holda о‘tkaziladigan ijodiyishlar ham о‘quvchilar nutqini, tafakkurini о‘stiradi. Bular:1) ijodiy qayta hikoyalash; 2) inssenirovka qilish; 3) о‘qilganasarga rasm chizish; 4) hikoyani davom ettirish.
Ijodiy qayta hikoyalashda о‘qilgan hikoyaning sharoiti yoki shaklini о‘zgartirib hikoya qilinadi. Bunda hikoyani yangi epizodlar bilan tо‘ldirib hikoya qilish ham mumkin.
Inssenirovka yoki sahnalashtirishda о‘quvchilar о‘qilgan hikoyani sahnabop qilib о‘zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida о‘ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni о‘rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisob­lanadi).
О‘qilgan hikoyaga rasm chizishda о‘quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan о‘qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki о‘zi rasm chizadi. Agar о‘quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, о‘zi chizmoqchi bо‘lgan rasmni og‘zaki tasvirlab beradi, ya’ni sо‘z bilan chizadi.
О‘qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qо‘llaniladi. Bu usul xikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qо‘llaniladi.
Umuman olganda, boshlang‘ich sinf о‘qish darslarida ham о‘quvchilar nutqi va tafakkurining rivojlanishiga katta ahamiyat qaratiladi.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish