mexanizm hisoblanadi, tovar va xizmatlar bahosiga qator omillar ta‘ sir qiladi. Xususan,
tovar va xizmatlarning sifati, unga bo‘ lgan talab darajasi, sotib oluvchining to‘ lov
qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir.
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki
muhim ahamiyat kasb etadii. Shu bilan birga, pulning tovar xo‘ jaligi
sharoitida amal
qilishining
samaradorligini
oshishiga
qator
omillar
ta‘ sir
qiladi.
Xususan ular quyidagilardan iborat:
1.
Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining
barqarorligi va raqobatbardoshligi aholining iste‘ mol tovarlar va xizmatlarga
bo‘ lgan talabini mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu
bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini
qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi.
Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligini oshiradi.
Markaziy bankning mustaqilligini ta‘ minlanganligi. Ma‘ lumki, Markaziy bankning
bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta‘ minlashga qaratilgan, ushbu
maqsadni samarali amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv
organlari bosimidan holi bo‘ lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi
zaiflashadi va uning xalq xo‘ jaligidagi roli pasayadi.
2.
Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat
aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘ lgan ishonchining
yuqoriligi pulning roliga
bevosita va bilvosita ta‘ sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning banklarga nisbatan
ishonchining yuqoriligi ularning vaqtinchalik bo‘ sh pul mablag‘ larini banklarga
muddatli omonat sifatida qo‘ yishga undaydi. Bu esa pulning jamg‘ arma vositasi va
to‘ lov vositasi rolini oshiradi,
shu bilan birga, birinchidan, pul egalariga qo‘ shimcha
daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real sektorni kreditlash imkoniyatlarini
oshiradi. Bularning barchasi tovar xo‘ jaligi sharoitida pulning
rolini oshishiga ijobiy
ta‘ sir ko‘ rsatadi.
3.
Inflyatsiya darajasining tegishli me‘ yorlarda saqlab turilishi. Milliy valyutaning
inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me‘ yorlardan ortib ketishi uning
iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta‘ sir ko‘ rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‘ lgan
sharoitda aholining real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli
omonatlar hajmi qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hisobidan emas, balki
o‘ zaro olib sotish yo‘ li bilan daromad izlash payiga tushib qoladi. Natijada aholining
iste‘ mol tovarlarga bo‘ lgan talabi mahalliy ishlab
chiqarish hisobidan emas, balki
import hisobidan qondiriladi. Bularning barchasi milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini
pasayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: