291
kitoblarni amalga oshirishda banklarning xorijiy mamlakatlardagi bo'limlari yoki
xorijiy banklar bilan o'rnatilgan vakillik hisobraqamlaridan (korrespondentlik
munosabatlari) foyda-laniladi.
Korrespondent munosabatlarda "loro" (xorijiy banklarning mahalliy
banklardagi), "nostro" (mahalliy banklarning xorijiy banklar-dagi) hisobraqamlarini
ochish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro hisob-kitoblarda qo'llaniladigan
korrespondent hisobraqamlar ochilganda banklar o'rtasida ushbu hisobraqamlar
bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, komission to'lovlarning miqdori,
sarflangan mablag'lami to'ldirish yo'llari va boshqa masalalarni bajarish haqida
o'zaro kelishuv tuziladi.
Banklar xalqaro hisob-kitoblarni o'z vaqtida va to'liq amalga oshirish
maqsadida likvidli valyutalarda zarur miqdordagi
valyuta pozitsiyalarni
taminlashga xarakat qiladi, bunda asosiy e'tibor amalga oshiriladigan hisob-
kitoblarni belgilangan muddat va miqdorda toiab berishga qaratiladi.
Xalqaro bank amaliyotidan maiumki, xalqaro hisob-kitoblarni amalga
oshirayotgan banklar "nostro" hisobvaraqalari bo'yicha tegishli valyutada daromad
olish,
shuningdek, ushbu mablag'lami jahon ssuda kapitali bozorlarida valyutali
aktivlarga joylashtirish maqsadida tegishli qoldiqni saqlashga harakat qiladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda banklarning faoliyati tegishli mahalliy va xalqaro
miqiyosdagi huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi. Xalqaro joriy valyuta
operatsiyalardan dunyoning etakchi mamlakatlari milliy valyutasi toiov vositalari
vazifasini bajaradi. Birinchi jahon urushiga qadar runt sterlingda muomalaga
chiqarilgan veksellar (trat-tallar) xalqaro hisob-kitoblar bo'yicha operatsiyalaming
80 foizini bajardi.
Mamlakatlar o'rtasida mehnat taqsimotining
kuchayishi va ulaming
iqtisodiyotini rivojlanishida o'zaro mutanosiblikning vujudga kelishi bois, angliya
font sterlingi xalqaro hisob-kitoblardagi ulushi 1948 yilda 40 foizga, 1999
yilaming boshida esa 5 foizga tushib qoldi.
AQSh dollarining tashqi savdodagi ulushi 1982 yilda 78 foizga etdi, 2000
yillarning boshida evro, yaponiya iyenasi, shvetsariya franki va boshqa etakchi
292
mamlakatlar milliy valyutalari xalqaro to'lov vositasi sifatida foydalanila
boshlandi, natijada AQSh dollarining xalqaro savdodagi ulushi 55 foizga tushdi.
Ta'kidlash joizki, mamlakatlar o'rtasida amalga
oshiriladigan ayrim hisob-
kitoblarda 1970 yildan SDR (spetsialnie prav zaimstvovaniya), 2000 yildan so'ng
evro faol qo'llanila boshlandi.
Xalqaro hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida oltinni toiov vositasi
sifatidagi roli nafaqat ichki hisob-kitoblardan, balki xalqaro toiovlami amalga
oshirishdan ham siqib chiqarildi. Oltin standard eng rivojlangan davrda ham
xalqaro hisob-kitoblarda undan toiov balan-sining passiv qoldig'ini toiashda
foydalanildi. Oltin standartining bekor qilinishi va sariq
metallga kredit pullarni
almashtirish to'xtatil-gandan so'ng xalqaro majburiyatlarai oltinga to'lash
zaruriyati yo'qoldi.
Biroq, ta'kidlash joizki, mamlakatlar o'rtasida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik
buzilganda jahon pulini bajarayotgan milliy valyutalarga nisbatan ishonchning
yo'qolishi natijasida xalqaro hisob-kitoblarda oltindan foydalanish hollari
amaliyotdan maium.
Masalan, ikkinchi jahon urushi davrida xalqaro hisob-kitoblar-ning asosiy
qismi oltin slitkalarda amalga oshirilgan. Urushdan keyingi davrda (1950-1958
yillarda) ayrim ko'p tomonlama hisob-kitoblar dastlab 40 foizgacha, 1955 yilda 75
foizgacha oltin bilan toiangan.
Zamonaviy sharoitda mamlakatlar o'zining toiov balansi barqarorligini
ta'minlash maqsadida oltin zaxiralarini dunyoning etakchi valyutalariga sotadi. Bu
o'z-o'zidan ko'rinib
turibdiki, oltin xalqaro hisob-kitoblarda to'g'ridan-to'g'ri
ishtirok etmasdan, oltin bozorlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishga
erishmoqda.
Xalqaro hisob-kitoblarning holati va rivojlanishiga qator omillar ta'sir etadi.
Xususan, mamlakatlar o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, valyuta qonunchiligi,
xalqaro savdoni tashkil etishning qonun va qoidalari, shuningdek,
moliya-kredit
tizimining rivojlanganlik darajasi shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: