Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Mashina, detal, uzel, payvandlash, parchinmixli birikma, bolt, shponka, samolyotsozlik, kemasozlik, qurilish, parchin mix, ustki qobiq, kran formalari, kallak, mashina, mashinasozlik, choklar, germetik, plastik material, parchinlash, charm, elastik, piston.
Nazorat sovollari:
Birikmalarni qishloq- xo’jalik mashinalar, mashinasozlik texnikalarining qaysi bo’limlarida qo’llanilganini ko’rgansiz va bilasiz?
Mashina detallarida, masalan, reduktorda qanday birikmalar qo’llanilgan?
Parchin mix yasash uchun diametri 20 mm dan ortiq bo’lgan simdan foydalanish mumkinmi?
Nima uchun parchin mixning shakli har xil?
Chokda qo’shimcha kuchlanishlar qachon bo’ladi?
Mavzu : Payvand birikmalar. Afzallik kamchiliklari. Hisobi.
Maqsad: Payvandlash usullari, vositalari va turlari bilan tanishtirish.
Metodik ta’minot
Adabiyotlar :
I.Sulaymonov. “Mashina detallari” T.1981 yil. 30 – 41 betlar.
Tojiboev va boshqalar «Mashina detallarini loyixalash” 4-6, 100-104bet.
4. Plakatlar, sxemalar, maketlar, elektrodlar.
Reja:
Payvand birikmalar, ularning afzallik va kamchiliklari.
Payvandlash usullari.
Uchma – uch birikma
Ustma-ust birikma.
Kontaktlab payvandlash.
Mavzuning bayoni:
Kirish. O’tgan darsimizda parchin mixli birikmalar ajralmaydigan birikmalar turiga kirishini ko’rib o’tgan edik. Payvand birikmalar ajralmas birikmalarning asosiy turi bo’lib, ulardan mashinasozlikda va qurilishda keng foydalaniladi. Uning boshqa ajralmas biirkmalarga qaraganda quyidagi afzalliklari bor:
Kam mehnat talab qiladi;
Metall tejaladi (30 -40 %);
Tannarxining arzonligi;
Vaqt tejamkorligi. Kamchiliklari :
Materiallar termik deformatsiyalanadi;
Hamma materiallarni ham payvandlab bo’lmasligi.
Payvandlash usullarining turi ko’p bo’lib, eng ko’p qo’llaniladiganlari elektr energiyasidan vam gaz alangasidan foydalanib payvandlash usullaridir.
Elektr energiyasidan foydalanib payvandlash 2 turga:
Elektr yoyi yordamida
Kontaktlab payvandlash turlariga bo’linadi.
Birinchi usulda ulanadigan joy elektr yoyi vositasida qizdiriladi va unga payvandlash metali suyuqlantirib tushiriladi. Payvandlash vositasi sifatida elektroddan foydalaniladi. U metal’ sterjen bo’lib, sirtiga bo’r va suyuq shisha aralashmasi qoplangan. E 34, E42, E42A, E46, E4A, E50, E50 A va boshqalar. Bu erda e – elektrod, son – metal chok mustahkamligining minimal chegarasi, kgs/mm2, A – metal chok plastik xususiyatini kafolotlovchi belgi.
Ikkinchi usul – ulanadigan detallardan kuchi bir necha ming amper bo’lgan elektr toki o’tkazilganda ularning bir-biriga tegib turgan (kontaktda bo’lgan) joyida qarshilik yuqori bo’lganligidan ko’p miqdor issiqlik hosil bo’lishiga asoslangan. Bunda hosil bo’lgan issiqlik detallarning ulanadigan joylarini juda plastik xolatga keltiradi yoki suyuqlantiradi. Bunda detallar bir-biriga ma’lum bir kuch bilan siqilsa, payvand chok xosil bo’ladi.
Payvandlash vositasida detallarni:
Uchma-uch;
Ustma-ust;
Burchak ostida ulash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |