B) azot, vodorod, vodorod xlorid;
C) vodorod ftorid, vodrod xlorid, vodorod bromid;
D) magniy sulfid, uglerod (IV) oksid, ftor.
39. Qutbli kovalent bog’ga ega bo’lgan moddalarni tanlang.
A) ammiak, vodorod sulfid;
B) nitrat kislota, bariy xlorid;
C) natriy gidroksid, natriy sulfid;
D) magniy bromid, natriy sulfid.
40. Elektron formulalari keltirilgan qaysi elementlar o’zlarining birikmalaridan birida donor-akseptor bog’lanish hosil qilishi mumkin?
1) 1s2; 2) 1s1; 3) 1s22s22p2;
4) 1s22s22p3; 5) 1s22s1;
A) 1,5 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,2
41. Quyidagi gaz holdagi vodorodli birikmalarning turg’unligi keltirilgan qatorda qanday o’zgaradi?
CH4 – SiH4 – GeH4 – SnH4 – PbH4
A) ortib boradi; B) kamayib boradi;
C) o’zgarmaydi; D) metallmaslarnikida ortib boradi, metallarnikida kamayib boradi.
42. Molekulasi qutbsiz kovalent bog’lanishga ega bo’lgan moddalarni toping.
A) vodorod xlorid, xlor, vodorod, azot;
B) osh tuzi, natriy gidroksid, xlor, vodorod;
C) olmos, grafit, xlor, vodorod;
D) olmos, xlor, vodorod xlorid, yod.
43. Molekulasi qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalar uchun xos bo’lgan xossalarni aniqlang.
1. molekulasi qutbsiz;
2. qutbli erituvchilarda ionlanadi;
3. qaynash va suyuqlanish temperaturalari yuqori bo’ladi;
4. qaynash va suyuqlanish temperaturalari past bo’ladi;
5. qutbli erituvchilarda ionlanmaydi;
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,4,5 D) 2,3,4
44. Molekulasi qutbli kovalent bog’lanishli moddalar uchun xos bo’lgan xossalarni aniqlang.
1. molekulasi qutbli;
2. qaynash va suyuqlanish temperaturalari qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalarnikidan past bo’ladi;
3. qutbli erituvchilarda ion bog’lanishli moddalarga aylanadi;
4. qaynash va suyuqlanish temperaturalari qutbsiz moddalarnikidan yuqori bo’ladi;
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 1,4
45. Quyidagi moddalarni bog’lanish energiyasi ortib borish tartibida joylashtiring.
1. azot; 2. vodorod; 3. kislorod; 4. xlor;
A) 1,2,4,3 B) 1,3,2,4 C) 2,4,3,1 D) 4,2,3,1
46. Quyidagilardan qaysilarida donor – akseptor bog’lanish mavjud?
1. sulfat kislota; 2. ammoniy xlorid;
3. karbonat kislota anioni; 4. natriy ortofosfat;
5. gidroksoniy kationi; 6. uglerod (II) oksid;
7. azot (V) oksidi;
A) 1,2,3,4 B) 2,5,6,7 C) 3,4,5,6 D) 4,5,6
47. Kimyoviy bog’ning uzunligi kattaroq bo’lgan molekulani ko’rsating.
A) Br2 B) HI C) I2 D) O2
48. Kimyoviy bog’ning uzunligi eng katta bo’lgan molekulani ko’rsating.
A) kremniy ftorid B) fosfor (V) ftorid
C) ftor oksid D) brom (V) ftorid
49. Qaysi molekulada kimyoviy bog’ning uzunligi eng kichik bo’ladi?
A) NBr3 B) I2 C) NCl3 D) PCl3
50. Kovalent bog’ning qutbliligi kamayib boradigan qatorni ko’rsating.
A) arsin, ammiak, fosfin;
B) vodorod bromid, vodorod xlorid, vodorod yodid;
C) ammiak, fosfin, arsin;
D) selen (IV) oksid, tellur (IV) oksid, oltingugurt (IV) oksid.
51. Oddiy moddalarda kimyoviy bog’larning qaysi turlari hosil bo’lishi mumkin?
1. ionli; 2. qutbsiz kovalent; 3. qutbli kovalent; 4. metall; 5. donor – akseptor; 6. vodorod;
A) 1,2,6 B) 2,4,5 C) 2,4 D) 1,5,6
52. Brom atomining kovalent radiusi 0,114 nm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent radiusi 0,030 nm ga teng bo’lsa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadrolararo masofalarni aniqlang.
A) 0,114; 0,053; B) 0,258; 0,03;
C) 0,117; 0,372; D) 0,228; 0,144.
53. Quyidagi zarrachalar tarkibidagi donor – akseptor bog’lar sonining ortib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni toping.
1) azot (V) oksid; 2) uglerod (II) oksid;
3) tetraamminomis (II) sulfat; 4) sariq qon tuzi;
A) 2,1,3,4 B) 1,2,3,4 C) 2,1,4,3 D) 4,3,1,2
54. Quyidagi zarrachalar tarkibidagi donor – akseptor bog’lar sonining ortib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni toping.
1. kaliy nitrat; 2. azot (V) oksid;
3) xrom (III) nitrat; 4) qizil qon tuzi.
A) 1,2,3,4 B) 4,5,6 C) 2,3,5
D) hammasida bir xil.
55. Qaysi zarrachalarda donor – akseptor bog’lanish mavjud?
1) gidroksoniy kationi; 2) ammiak;
3) nitrat kislota; 4) uglerod (IV) oksid;
5) uglerod (II) oksid; 6) azot (I) oksidi;
7) azot (III) oksid; 8) azot (IV) oksid;
A) 1,3,5,7 B) 2,4,6,8 C) 1,2,3,5 D) 1,3,5,8
56. Quyidagi qatorlar bo’yicha birikmalarning barqarorligi qanday o’zgaradi?
CH4, SiH4, GeH4, SnH4, PbH4 va
H2Te, H2Se, H2S, H2O
A) ortadi, kamayadi; B) ortadi, ortadi;
C) kamayadi, kamayadi; D) kamayadi, ortadi.
57. Kovalent bog’ning qutbliligi kamayib boradigan qatorni ko’rsating.
A) PH3, PCl3, PF3 B) H2O, H2S, HF
C) HCl, HI, HBr D) CF4, CCl4, CBr4
58. Vodorod xlorid molekulasida qanday kimyoviy bog’ mavjud?
A) ion; B) koordinatsion;
C) qutbli kovalent; D) qutbsiz kovalent.
59. Kimyoviy bog’ning uzunligi qaysi molekulada eng katta qiymatga ega?
A) HCl B) VF5 C) WF6 D) SF6
60. Brom atomining kovalent radiusi 0,085 mm ga teng. Agar vodorod atomining kovalent radiusi 0,05 mm ga teng bo'lsa, brom molekulasi va vodorod bromiddagi yadrolararo masofalarni aniqlang.
A) 0,258; 0,03 B) 0,114; 0,053
C) 0,17;0,135 D) 0,117;0,372
61. Molekulalardagi bog' qutbliligi (E-H) ortib borish tartibini toping.
A) vodorod xlorid, vodorod ftorid, suv;
B) ammiak, suv, vodorod ftorid;
C) suv, vodorod ftorid, vodorod bromid;
D) vodorod xlorid, vodorod ftorid, vodorod bromid.
Do'stlaringiz bilan baham: |