16. Qaysi metallning oksididagi elеktronlar soni uning nitrididagiga qaraganda 2,64 marta kamroq bo`ladi.
A) Fe B) Mg C) Ca D) Al
17. Qaysi moddaning 1 kg miqdorida 0,2743 g elektron mavjud.(elektronning massasi 9,1∙10-31 kg)
A) D2O B) NH3 C) H2S D) CH4
18. Qaysi moddaning 1 kg miqdorida 0,2743 g elektron mavjud.(elektronning massasi 9,1∙10-31 kg)
A) C2H2 B) CD4 C) H2O D) CH4
19. Natriy gidroksid va natriy karbonat massa ulushi tegishli ravishda 0,8% va 4,24% bo`lgan 200 g eritma berilgan. Shu eritmaga 5,04 g natriy gidrokorbanat qo`shilgandan keyin eritmadagi gidrokarbonat va karbonat anionlarining nisbatini (mol) aniqlang (α=100%).
A) 1:3 B) 1:4 C) 1:2 D) 1:6
20. Massasi 93 g bo’lgan eritmadagi natriy gidroksid va natriy karbonatning massa ulushlari tеgishli ravishda 1,42% va 2,7% bo`lgan. Shu eritmaga 4,7 g natriy gidrokarbonat qo’shilgandan kеyin, eritmadagi natriy karbonat va gidrokarbonatning massa ulushlarini (%) hisoblang.
A) 6,15: 1,97 B) 5,9: 1,78
C) 4,24: 3,15 D) 5,28: 1,15
21. Tarkibida 0,8% natriy gidroksid va 1,06% natriy karbonat bo’lgan 200 g eritmaga natriy gidrokarbonatning 200 g eritmasi qo`shilganda natriy gidroksidning massa ulushi 0,2% gacha kamaygan. Hosil bo`lgan eritmadagi karbonat anionining massa ulushini (%) aniqlang (α=100%).
A) 0,6 D) 1,06 C) 0,8 D) 0,2
22. 2,4 molyarli 200 ml kaliy gidrosulfit va 100 ml kaliy sulfit eritmalari aralashtirildi. Ushbu eritmaga 100 ml kaliy gidroksid eritmasi qo`shilganda, eritmadagi kaliy gidrosulfit konsentratsiyasi 1 mol/l gacha kamaydi. Eritmaga qo`shilgan kaliy gidroksid eritmasining konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang
A) 1 B) 0,8 C) 0,7 D) 1,2
23. 400 ml 0,5 molyarli alyuminiy xlorid va 300 ml 2 molyarli natriy gidroksid eritmalari aralashtirildi. Aralashma orqali 3,36 l (n.sh.) vodorod xlorid otkazilganda hosil bo`lgan chokma massasini (g) toping.
A) 3,9 B) 15,6 C) 11,7 D) 5,4
24. Kaliy xlorid va kaliy sulfatdan iborat aralashmaga yetarli miqdordagi konsentrlangan sulfat kislota bilan ishlov berilgandan so`ng olingan tuz suvda eritildi. Eritmadagi sulfat ionini to`la cho`kitirish uchun tarkibida 83,2 g bariy xlorid bo`lgan eritma sarflangan bo`lsa dastlabki aralashmadagi tuzlarning mol nisbati qanday bo`lgan?
A) 1; 3 B) 1; 2 C) 1; 1,5 D) 1; 1
25. 25 g mеtall oksidini qaytarish uchun 1,34 g uglеrod sarflandi. Hosil bo`lgan mеtallni
ishqorda eritilganda vodorod ajralib chiqdi. Mеtall oksidning formulasini aniqlang.
А) СаО В) РbO С) К2О D) NiO
26. 5 g ikki valentli noma`lum metall karbonati nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib 8,2 g metall nitrat hosil qildi. Metalning nisbiy atom massasini hisoblang.
A) 40 B) 20 C) 24 D) 64
Do'stlaringiz bilan baham: |