5. 170 g natriy nitratdan 63.3% li nitrat kislota eritmasining necha gramini olish mumkin? A) 100 B) 180 C) 190 D) 200 E) 210
6. 20% li 200 kg nitrat kislota eritmasini hosil qilish uchun qancha (kg) natriy nitrat kerak?
A) 48,6 B) 54 C) 57,4 D) 51 E) 59,5
7. Konsentratsiyasi 0,2 mol/l bo’lgan 500 ml KOH eritmasi bilan massasi 200 g 10% li nitrat kislota eritmasining o’zaro ta’sirlashuvidan hosil bo’lgan tuzning massasini (g) hisoblab toping.
A) 5,05 B) 20,2 C) 30,3 D) 15,7 E) 10,1
8. Mis (II) sulfatning 40 g 30% li eritmasiga 10 g temir kukuni qo’shildi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan oddiy moddaning massasini (g)aniqlang.
A) 4,8 B) 12 C) 5,6 D) 3,9 E) 8,4
9. 10,8 g azot (V) oksid 89,2 g suvda eritilganda hosil bo’lgan mahsulotning massa ulushini hisoblang.
A) 12,6 B) 10,8 C) 6,3 D) 5,4 E) 13,4
10. 98% li sulfat kislotaning (ρ=1,84 g/sm3) ning necha millilitri mis bilan reaksiyaga kirishib 1,12 l SO2 hosil qiladi?
A) 12,05 B) 9,32 C) 1,84 D) 3,92 E) 5,43
11. 2,5 mol sulfat kislotani to’la neytrallash uchun 1 kg kaliy ishqor eritmasi sarf bo’lsa, ishqorning eritmadagi massa ulushini hisoblang.
A) 0,22 B) 0,28 C) 0,32 D) 0,42 E) 0,48
12. 3 molyarli kaliy karbonat eritmasidan qanday hajmini (ml) 20 ml 5 molyarli kalsiy xlorid eritmasi bilan aralashtirilgan reaksiyada kalsiy ionlari to’la qatnashadi?
A) 25 B) 29,2 C) 33,3 D) 42,2 E) 46,6
13. Massa ulushi 20% bo’lgan 300 g natriy ishqori eritmasi orqali vodorod sulfid o’tkazildi. Nordon tuz hosil qilish uchun vodorod sulfiddan qancha hajm (l, n.sh.) kerak?
A) 44,8 B) 28 C) 22,4 D) 33,6 E) 37,2
14. Tarkibida 80% kalsiy karbonat tutgan 12,5 g marmarni eritish uchun massa ulushi 10% bo’lgan HCl eritmasidan necha gramm kerak?
A) 70 B) 73 C) 75 D) 77 E) 78
15. Tarkibida 18,9 g nitrat kislota tutgan eritmaning 0,5 l miqdorini 0,5 l da 14 g kaliy gidroksid tutgan eritma bilan aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmadagi tuzning molyar konsentratsiyasi qanday?
A) 0,30 B) 0,25 C) 0,48 D) 0,55 E) 0,60
16. Bir idishda hajmlari bir litrdan bo’lgan (n.sh.) ammiak, vodorod xlorid va 100 g suv to’ldirildi. Hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.
A) 1,34 B) 2,34 C) 3,34 D) 4,34 E) 5,34
17. 10% li magniy sulfat eritmasining 200 g miqdori bilan 5% li bariy xloridning 350 g eritmasi aralashtirilganda hosil bo’lgan cho’kma massasini (g) hisoblang.
A) 19,6 B) 9,6 C) 12,4 D) 4 E) 23,1
18. 400 ml 0,5 M li sulfat kislota bilan 10,4% li 160 ml (ρ=1,25 g/ml) bariy xlorid eritmalari o’zaro aralashtirildi. Bunda qaysi modda va necha gramm ortib qoladi?
A) 20,8 g BaCl2 B) 2,08 g BaCl2
C) 0,98 g H2SO4 D) 9,8 g H2SO4
E) ortib qolmaydi.
19. Tarkibida 3 mol vodorod xlorid bo’lgan eritmani neytrallash uchun qanday hajmdagi (ml) zichligi 1,2 g/ml bo’lgan natriy gidroksidning
20% li eritmasidan kerak bo’ladi?
A) 480 B) 500 C) 550 D) 580 E) 600
20. Erigan moddaning massa ulushi 6,6% ni tashkil etadigan, massasi 50 g bo’lgan nitrat kislota eritmasi bilan reaksiyaga kirishishi uchun massasi 80 g bo’lgan kaliy gidroksid eritmasi kerak bo’ladi. Eritmadagi ishqorning massa ulushini aniqlang.
A) 2,7 B) 3,2 C) 3,7 D) 4,3 E) 5,1
21. 200 g 20% li sulfat kislota bilan qancha hajmdagi ammiak reaksiyaga kirishib, ammoniy sulfat hosil qiladi?
A) 5,6 B) 11,2 C) 15,4 D) 18,3 E) 22,4
22. Neytral eritma hosil qilish uchun 28% li KOH eritmasi bilan 63% li HNO3 eritmalarini qanday massa nisbatlarda aralashtirish kerak? Eritmada hosil bo’lgan tuzning massa ulushi qanday (%) bo’ladi?
A) 1:1; 50,5 B) 2:1; 33,66 C) 1:3; 25,25
D) 2:3; 20,2 E) 1:4; 20,2
23. Massa ulushi 4% bo’lgan mis (II) xlorid eritmasining 150 g miqdoridagi mis (II) ionlarini to’la cho’ktirish uchun detsimolyar (0,1 M) ishqor eritmasining qanday hajmi (l) talab etiladi? A) 0,8 B) 0,9 C) 2,5 D) 1,0 E) 1,9
24. Kumush nitratning massa ulushi 0,85 bo’lgan 200 g eritmasi bilan osh tuzining massa ulushi 0,15 bo’lgan 400 g eritmasi o’zaro aralashtirildi. Ortib qolgan moddaning massasini aniqlang.
A) 13,6 g AgNO3 B) 152,5 g AgNO3
C) 1,5 g NaCl D) 5,44 g NaCl
E) ortib qolmaydi.
25. 50 ml HCl eritmasi 100 ml 2,0 M li KOH ni to’liq neytrallaydi. HCl eritmasining konsentratsiyasi (mol/l) nechaga teng?
A) 4 B) 5 C) 3 D) 2 E) 1
26. Konsentratsiyasi 5% bo’lgan vodorod bromidga mo’l miqdorda rux karbonat qo’shilganda hosil bo’lgan tuzning massa ulushi(%)ni hisoblang.
A) 6,8 B) 8,1 C) 7,6 D) 0,6 E) 8,7
27. Kaliy gidrosulfitning 1,6 M li eritmasining 80 ml hajmi bilan kaliy sulfitning 80 ml eritmasi aralashtirildi. Hosil bo’lgan eritmaga 2 ml kaliy gidroksid eritmasi qo’shildi. Natijada kaliy gidrosulfitning konsentratsiyasi 0,617 mol/l ga yetgan. Eritmaga qo’shilgan KOH eritmasining molyar konsentratsiyasini hisoblang.
A) 16 B) 14 C) 12 D) 13 E) 11
28. Massa ulushi 0,2 bo’lgan 40 ml
(ρ=1,14 g/ml) sulfat kislota eritmasi massa ulushi 0,35 bo’lgan 50 ml (ρ=1,38 g/ml) o’yuvchi natriy eritmasi bilan aralashtirildi. Eritmadagi moddalarning o’zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo’lgan o’rta tuzning eritmadagi massa ulushini toping.
A) 0,115 B) 0,162 C) 0,11 D) 0,14 E) 0,2
29. 0,5 M li alyuminiy xlorid eritmasi
(ρ=1,2 g/ml) ning 200 ml hajmiga 51,3 g bariy gidroksid qo’shildi. Reaksiya tugagandan keyin qolgan eritma massasini hisoblang.
A) 275,3 B) 283,5 C) 271,4
D) 267,5 E) 263,6
30. Agar kimyoviy jarayonlar natijasida alyuminiy sulfatning 600 ml eritmasidan 1,836 g alyuminiy oksid olingan bo’lsa, eritmaning molyar konsentratsiyasi qanchaga teng bo’ladi?
A) 0,15 B) 0,01 C) 0,03 D) 0,06 E) 0,045
Do'stlaringiz bilan baham: |