8-Mavzu: Eruvchanlik
koeffitsiyenti.
1. KNO3 ning 60oC dagi to’yingan eritmasida 52,4 % tuz mavjud. Shu temperaturadagi tuzning eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
A) 35,5 B) 52,4 C) 524 D) 104,8 E) 110
2. Kaliy nitratning 40oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 61 ga teng. Uning 250 g to’yingan eritmasini bug’latish natijasida olingan tuz massasini (g) va shu temperaturadagi eritmadagi erigan tuzning massa ulushini toping.
A) 94,7 va 0,38 B) 82,1 va 0,27
C) 86,6 va 0,32 D) 80,3 va 0,36
E) 90,2 va 0,32
3. Kaliy dixromatning 20oC dagi eruvchanligi 12,5 g ni tashkil etadi. Shu moddaning 400 g suv bilan hosil qilgan to’yingan eritmasining massasi necha gramm bo’ladi?
A) 437,5 B) 412,5 C) 425 D) 460 E) 450
4. Kaliy sulfatning 50oC dagi to’yingan eritmasidan 58 g miqdorini bug’latilgandan keyin 8 g tuz qolgan. Tuzning eruvchanligini aniqlang.
A) 8 B) 14 C) 16 D) 28 E) 32
5. 80oC da natriy xloridning 600 g to’yingan eritmasi 0oC ga qadar sovutilganda, necha gramm tuz cho’kmaga tushadi? Osh tuzining
80oC dagi eruvchanligi 38 g ga, 0oC dagisi esa 35,8 g ga teng.
A) 4,5 B) 6,5 C) 7,5 D) 8,5 E) 9,6
6. 60oC da 540 g to’yingan litiy sulfat eritmasi bug’latilishi natijasida 96 g litiy sulfat tuzi olindi. Litiy sulfatning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffitsiyentini toping.
A) 21,6 B) 31,6 C) 41,6 D) 63,1 E) 79
7. Kaliy dixromatning 78oC dagi to’yingan 500 eritmasi 18oC gacha sovutilganda, qancha massa kaliy dixromat cho’kmaga tushadi?
S (78oC)=48; S(18oC)=10
A) 128,6 B) 116,8 C) 360 D) 107 E) 140
8. Kaliy bromidning 80oC dagi to’yingan eritmasi 20oC gacha sovutilganda, 120 g tuz cho’kmaga tushishi uchun zarur bo’lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping. S(80oC)=95; S(20oC)=65
A) 500: 475 B) 325: 500 C) 380: 400
D) 475: 500 E) 510: 425
9. Kumush nitratning 60oC dagi to’yingan eritmasi 20oC gacha sovutilganda 15 g tuz cho’kmaga tushishi uchun zarur bo’lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping. S(20oC)=222; S(60oC)=450
A) 11,8: 6 B) 36,2: 8,04 C) 29,6: 6,6
D) 16,1: 4 E) 41,1: 15
10. Agar ammoniy xloridning 100oC dagi to’yingan eritmasi tarkibida 50 ml suv bo’lsa, bu eritma 0oC gacha sovutilganda, qancha ammoniy xlorid cho’kmaga tushadi? S(0oC)=37; S(100oC)=77
A) 10 B) 20 C) 30 D) 37 E) 78,6
11. 15oC da kaliy nitratning to’yingan eritmasida uning massa ulushi 20% ni tashkil etsa, shu temperaturada 50 g kaliy nitratni eritish uchun qancha massa (g) suv talab etiladi?
A) 158,3 B) 135,8 C) 138,5
D) 208,3 E) 200
12. 25oC da kaliy nitratning to’yingan eritmasida uning massa ulushi 34% ni tashkil etsa, uning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffitsiyenti qanchaga teng bo’ladi?
A) 31,6 B) 34,3 C) 24 D) 51,5 E) 12
13. Bir tuzning xona temperaturasidagi to’yingan eritmasidagi massa ulushi 0,2 ga teng. Shu tuzning massa ulushi 0,3 bo’lgan 300 g eritmasi xona temperaturasigacha sovutilganda, qancha (g) tuz cho’kmaga tushadi.
A) 37,5 B) 82,5 C) 50 D) 85,2 E) 48
14. 80oC da 300 g to’yingan natriy nitrat eritmasi 20oC gacha sovutilganda cho’kmaga tushgan tuzning massasini (g) va eritmada qolgan tuzning massa ulushini (%) hisoblab toping.
S(20oC)=88; S(80oC)=148
Do'stlaringiz bilan baham: |