2. Kimyoviy muvozanat (masala).
1. Ammiak sintez qilish uchun tayyorlangan gazlar aralashmasida azot va vodorodning konsentratsiyalari tegishli tartibda 4 va 10 mol/l ni tashkil etgan. Reaksiyada muvozanat qaror topgandan so’ng azotning 50% miqdori reaksiyaga kirishgan bo’lsa, azot, vodorod va ammiakning muvozanat konsentratsiyalarini toping.
А) 1,05:2,10:1,40; В) 2,9:4,0:2,6;
С) 2,0:4,0:4,0; D) 2,3:4,6:2,3.
2. Quyidagi reaksiyada N2 + H2 = NH3 azot va vodorodning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 2 va 7 mol/l ga teng. Azotning 10% i reaksiyaga kirishgandan so’ng, sistemada muvozanat qaror topdi. Sistemadagi azot, vodorod va ammiakning muvozanat konsentratsiyalarini va muvozanat konstantasini hisoblang.
А) 1,8; 6,4; 0,4; 3,4.10-4 В) 1,6; 6,4; 0,4; 3,8.10-4
С) 1,4; 5,6; 0,4; 6,5.10-4 D) 0,2; 0,6; 0,4; 3,7
3. Quyidagi tenglama bilan ifodalanuvchi jarayonda СО + Н2О ↔ СО2 + Н2 moddalarning konsentratsiyalari (mol/l) [СО]=0,3; [Н2О]=0,4; [СО2]=0,4 vа [Н2]=0,05 ga teng bo’lgan sistemaning muvozanati o’ngga siljitildi va bunda uglerod (II) oksidning 1/2 qismi reaksiyaga kirishdi. Shunda moddalarning konsentratsiyalari qanday bo’ladi?
А) 0,15 : 0,25 : 0,55 : 0,200
В) 0,10 : 0,20 : 0,20 : 0,025
С) 0,20 : 0,30 : 0,30 : 0,100
D) 0,25 : 0,35 : 0,45 : 0,250
4. Agar quyidagi СН4 + Н2О = СО + Н2 reaksiyada СН4 vа Н2О ning boshlang’ich konsentratsiyalari (mol/l) mos ravishda 0,04 va 0,06 bo’lsa, muvozanat qaror topgandan keyin metanning 50% miqdori sarflangan bo’lsa, barcha moddalar muvozanat konsentratsiyalarining yig’indisini (mol/l) toping.
А) 0,14 В) 0,20 С) 0,13 D) 0,30
5. Ushbu СО + Н2О = СО2 + Н2 reaksiyadagi moddalarning ma’lum bir vaqtdagi konsentratsiyalari (mol/l) mos ravishda 0,05; 0,06; 0,4; 0,2 ga teng bo’lgan. 60% suv reaksiyaga kirishgandan keyingi holatda barcha moddalar konsentratsiyalarini aniqlang.
А) 0,24; 0,14; 0,76; 0,56
В) 0,086; 0,096; 0,436; 0,236
С) 0,12; 0,07; 0,38; 0,28
D) 0,014; 0,024; 0,436; 0,236
6. N2 + H2 ↔ NH3 reaksiyada azot va vodorodlarning dastlabki konsentratsiyasi 3 va 11 mol/l ga teng. Vodorodning 12% i reaksiyaga kirishganda muvozanat qaror topdi. Sistemadagi azot, vodorod va ammiaklarning yangi muvozanat konsentratsiyasini aniqlang.
А) 3,0; 11; 0,12 В) 2,58; 11,18; 0,22
С) 0,44; 1,32; 0,44 D) 2,56; 9,68; 0,88
7. N2 + H2 ↔ NH3 reaksiyada boshlang’ich konsentratsiyalar [N2] = 2 mol/l, [H2] = 3 mol/l bo’lgan. Azotning 30% i reaksiyaga kirishgan vaqtda muvozanat qaror topgan. Muvozanat konstantasini va [N2], [H2], [NH3] larning yangi muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini toping.
А) 0,51; 1,2; 1,3; 1,4 В) 0,51; 1,3; 1,2; 1,2
С) 0,59; 1,4; 1,2; 1,2 D) 0,59; 1,4; 1,2; 1,3
8. Platina katalizatori ishtirokida
NH3 + O2 ↔ NO + H2Osistemasida NH3 vа О2 ning dastlabki konsentratsiyalari mos ravishda 12 va 16 mol/l. Ammiakning 25% i reaksiyaga kirishgandan so’ng muvozanat qaror topdi. Kislorod va suvning muvozanat holatidagi konsentratsiyalarini (mol/l) toping.
А) 12,25; 4,5 В) 12,28; 6,5
Do'stlaringiz bilan baham: |