A) Al-68; Cu-32 B) Al-52; Cu-48
C) Al-50; Cu-50 D) Al-56; Cu-44
17. Kalsiy oksid bilan kalsiy karbonat aralashmasining 10 grammi xlorid kislota bilan rеaksiyaga kirishganda 1,12 l (n.sh.) gaz modda hosil bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi
oksidning massa ulushi qancha bo`lgan.
A) 0,70 B) 0,36 C) 0,50 D) 0,75
18. 8,5 g Na va K qotishmasi suv bilan ishlandi. Bunda 3,8 l (n.sh.) vodorod ajraldi. Aralashmadagi K ning massa ulushini (%) toping.
A) 45,5 B) 69,9 C) 37,1 D) 20
19. Na va Ca dan iborat 0,3 mol aralashma suv bilan ta`sirlashganda 4,48 l ( n.sh.) gaz ajraldi. Boshlang`ich aralasmadagi kalsiyning massasini (g) aniqlang.
A) 2 B) 8 C) 12 D) 4
20. Na va Ca dan iborat 0,3 mol aralashma suv bilan ta`sirlashganda 4,48 l (n.sh.) gaz ajraldi. Eritmadagi NaOH massasini (g) aniqlang.
A) 2 B) 8 C) 6 D) 4,6
21.10 g tеmir va ruxdan iborat qotishmaga xlorid kislota ta`sir ettirilganda necha litr (n.sh.) vodorod ajralib chiqadi. Qotishmadagi ruxning massa ulushi 60% ga teng.
A) 3,6 B) 6,2 C) 2,36 D) 1,6
22. Uglеrod va oltingugurtdan iborat 10 g aralashma yondirilganda 25 g karbonat va sulfit angidrid aralashmasi hosil bo`lgan. Dastlabki aralashmaning massa tarkibini aniqlang.
A) 3,0 C: 7,0 S B) 4,0 C: 6,0 S
C) 6,0 C: 4,0 S D) 2,0 C: 8,0 S
23. Massasi 11,6 g bo`lgan natriy va kaliy gidridlar aralashmasining suv bilan reaksiyasi natijasida 0,35 mol gaz modda hosil bo`lgan. Aralashmadagi gidridlarning mol nisbatlarini hisoblang.
A) 0,15: 0,2 B) 0,1: 0,51
C) 0,4: 0,1 D) 0,3: 0,073
24. CaO va Ca aralashmasi tarkibida kalsiyning massa ulushi (%) qanday bo`lganda 2 g aralashmaga suv ta`sir etishidan 672 ml vodorod (n.sh.) ajralib chiqadi.
A) 62 B) 55 C) 60 D) 58
25. Molyar nisbatlari 1: 2: 3 bo`lgan kalsiy karbid kalsiy va kalsiy oksid aralashmasining 68,8 g massasi suv bilan rеaksiyaga kirishganda hosil bo`lgan gaz moddalar hajmini (l, n.sh.) hisoblang.
A) 22 B) 18,4 C) 14,8 D) 14
26. Natriy gidrokarbonat va natriy karbonatdan iborat 35,8 g aralashmani to`la neytrallash uchun 16% li (ρ=1,08 g/ml) xlorid kislotadan 105,6 ml sarflandi. Hosil bo`lgan moddaning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 22,1 B) 19,5 C) 18,6 D) 25,7
27. Natriy gidrokarbonat va natriy karbonatdan iborat 34,9 g aralashmani to`la neytrallash uchun 28% li (ρ=12 g/ml) sulfat kislotadan 87,5 ml sarflandi. Hosil bo`lgan eritmadagi moddaning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 51 B) 27 C) 34 D) 42
28. Natriy gidrokarbonat va natriy karbonatdan iborat 33 g aralashmani to`la neytrallash uchun 40% li (ρ=1,3 g/ml) sulfat kislotadan 56,6 ml sarflansa, hosil bo`lgan eritmaning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 38 B) 22 C) 45 D) 50
29. Massasi 11,2 g bo`lgan magniy karbonat va magniy gidrokarbonat aralashmasi mo`l miqdorda olingan xlorid kislota ta`sirida 3,14 l gaz mahsulot hosil qilingan. Rеaksiyadagi karbonat va gidrokarbonatlarning modda miqdorlarini aniqlang.
A) 0,08 va 0,03 B) 0,31 va 0,1
C) 0,05 va 0,06 D) 0,27 va 0,087
30. 20,9 g natriy karbonat va natriy gidrokarbonat aralashmasiga yеtarli miqdorda xlorid kislota ta`sir ettirilganda 4,928 l (n.sh.) gaz ajraldi. Aralashmaning foiz tarkibini aniqlang.
A) 51% Na2CO3, 49% NaHCO3
B) 74% Na2CO3, 16%NaHCO3
C) 56% Na2CO3, 44% NaHCO3
D) 35% Na2CO3, 65% NaHCO3
31. Magniy va magniy fosfiddan iborat 0,4 mol aralashmaga mol miqdorda xlorid kislota ta`sir ettirilganda 11,2 l (n.sh.) gazlar aralashmasi hosil bo`ladi. Boshlang`ich aralashmadagi magniy fosfidning massasini (g) aniqlang.
A) 26,8 B) 4,8 C) 13,4 D) 7,2
32. Xlorid kislota bilan tarkibida mеtall xolidagi rux aralashgan tеxnik rux fosfid rеaksiyaga kirishganda, 6 l fosfin va 4 l vodorod (n.sh.) olingan. Tеxnik mahsulot tarkibidagi ruxning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 25,22 B) 76,2 C) 23,8 D) 74,78
33. Kaliy gidroksid eritmasi orqali 0,5 mol miqdorda karbonat angidrid gazi o`tkazilganda 57,6 g nordon va o`rta tuzlardan iborat aralashma hosil bo`ldi. Aralashmadagi o`rta tuzning miqdorini (mol) aniqlang.
A) 0,5 B) 0,1 C) 0,4 D) 0,2
34. Natriy gidroksid eritmasi orqali 1 mol karbonat angidrid gazi o’tkazilganda 97,2 l nordon va o`rta tuzlardan iborat aralashma hosil bo`ldi. Aralashmadagi nordon tuzning massasini g aniqlang.
A) 91,2 B) 57,4 C) 33,6 D) 48,7
35. 48 g SO3 gazi natriy ishqori eritmasidan o`tkazilganda 78,6 g nordon va o`rta tuzlar
aralashmasi hosil bo`ldi. Aralashmadagi o`rta tuzning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 42,3 B) 48,8 C) 51,7 D) 54,2
36. Magniy va misdan iborat 5 g aralashmaga mo`l miqdorda suyultirilgan xlorid kislota qo`shildi. Olingan gaz avval 400oC li Mis (II) oksid bo`lgan nayga, undan so`ng fosfor (V) oksidi bo`lgan nayga (t=25oC) kiritildi. Agar ikkinchi nayning massasi 3,24 g ga ortgan bo`lsa, boshlang`ich aralashmadagi misning massa ulushini (%) toping.
A) 0,08 B) 4,32 C) 23,6 D) 13,6
37. Tarkibida Ca(OH)2 va KOH bo`lgan aralashmani neytrallash uchun 0,26 mol sirka kislota sarflandi. Eritmada 9,8 g kaliy atsetat hosil bo`lsa, boshlang`ich aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 21,6 B) 17,4 C) 11,52 D) 5,92
38. KMnO4 bilan bertolle tuzining 10,05 g aralashmasi parchalanganda 1,792 l (n.sh.) kislorod ajralib chiqqan. Rеaksiya uchun olingan aralashmaning massa (g) tarkibini aniqlang,
A) 4,74 va 5,31 B) 4,06 va 4,0
C) 3,16 va 4,9 D) 3,06 va 5,0
39. 37 g kalsiy karbonat va natriy nitrat aralashmalari qizdirilganda hosil bo`lgan gazlar kalsiy gidroksid eritmasidan o`tkazilgandan so`ng qolgan gaz 2,24 l (n.sh.) ni tashkil qildi. Boshlang`ich aralashmadagi CaCO3 ning massa ulushi (%) aniqlang.
A) 62 B) 68 C) 54 D) 39
40. Kalsiy karbonat va kaliy nitrat qattiq qizdirilganda to`la parchalanadi. Hosil bo`lgan 5,72 l (n.sh.) gazlar ishqor eritmasi orqali o`tganda eritmaning massasi 8,09 g ga ortganligi ma`lum bo`lsa, qizdirilgandan kеyin hosil bo`lgan aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 22,5 B) 28,4 C) 14,2 D) 12,3
41. Xlorid va sulfat kislota aralashmasida 8 g mis (II) oksid eritildi. Natijada mis (II) xloridning digidrati va mis (II) sulfatning pentagidrati aralashmasidan 23,42 g olindi. Reaksiyada ishtirok etgan xlorid va sulfat kislotalar massasini (g) aniqlang.
A) 3,65: 9,8 B) 0,73: 7,84
C) 2,92: 1,96 D) 1,46: 7,84
42. 19,2 g misni eritish uchun unga oldin konsentrlangan sulfat kislota va to`la eriguncha suyultirilgan nitrat kislota qo`shildi. Olingan mis tuzini 200°C temperaturada massasi o`zgarmay qolguncha qizdirilganda 32 g mahsulot olindi. Mahsulot tarkibidagi moddalar massa nisbatini aniqlang.
A) 1:2 B) 1:1,5 C) 1:1 D) 1:3
43. 20 g mis (II) oksid yetarli miqdordagi xlorid va sulfat kislota aralashmasida eritildi. Natijada mis (II) xloridning digidrati va mis (II) sulfatning pentagidrati aralashmasidan 54,6 g olindi. Reaksiyada ishtirok etgan xlorid va sulfat kislotalar massasini (g) aniqlang
A) 3,65: 14,7 B) 7,3: 14,7
C) 2,92: 1,96 D) 0,10: 0,15
44. Karbonat angidrid, kislorod va azot aralashmasidan 315,8 l (n.sh.) miqdori gеrmеtik yopiq idishda joylashtirilgan. Karbonat angidridning miqdori azotnikidan 7 marta ko`proq va kislorodnikidan esa 5 marta ko`p bo`lsa, idishdagi azotning modda miqdori va hajmini (l) aniqlang.
A) 1,5 va 33,6 B) 1,8 va 40,3
C) 0,75 va 16,8 D) 1,6 va 35,8
45. Natriy oksidi va peroksidi aralashmasida natriyning 8 ta atomiga 5 ta kislorod atomi to`g`ri kеladi. Natriy pеroksidning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 29,5 B) 75,3 C) 65,2 D) 70,5
46. Kaliy oksidi va pеroksidi aralashmasida kaliyning 8 ta atomiga 7 ta kislorod atomi to`g`ri kеladi. Kaliy oksidning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 78 B) 91,6 C) 22 D) 70,5
Do'stlaringiz bilan baham: |