Mehnat intizomini buzish turlari va sabablari hamda intizomni mustahkamlash tadbirlari
Mehnat intizomini buzishning asosiy
turlari: ishga kechikib kelish va ishdan barvaqt ketib qolish, ish vaqtida shaxsiy ish bilan mashgul bolish yoki ishlab chiqarish(xizmat korsatish) topshirigi bilan bogliq bolmagan ishni qilish, kuni bilan uzrsiz ishga chiqmaslik, mehnatni muhofaza qilish va texnologiya talablariga rioya qilmaslik, bir korxonadan ikkinchisiga asossiz otish kabilardan iborat.
Mehnat intizomi buzilishining hamma turlarini uch guruhga bolish mumkin: 1)mehnatni qopol ravishda buzish ishga kechikib kelish, ishga chiqmaslik, ichkilikbozlik, ishdan boyin tovlash mehnatga intizomsizligi munosabatining umumiy kolamida bunday salbiy hodisalar kop orin olmaydi; 2) murakkab buzilishlar bor kuchni berib ishlamaslik, bir korxonadan boshqasiga otish, masuliyatsizlik, tarqoqlik intizomsizlikning bu xillari koproq uchraydi; 3) xizmatdan
foydalanib, mehnat intizomini buzish, yani ish vaqtida shaxsiy ish bilan mashgul bolish intizomsizlikning bu turi ham kop uchraydi.
Mehnat intizomining buzilishiga olib keladigan asosiy sabablar: ichkilikbozlik, masuliyatsizlik, uydagi noqulay sharoit va vaziyatlar, huquq-tartibotini buzish tufayli qamoqqa tushish va hokazolardir. Xojalik, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari korxona xodimlariga ongli intizom ruhini sindirish boyicha tarbiyaviy ishlarni boshashtirib yuborganligi ham mehnat intizomining buzilish sabablaridan biridir.
Mehnat intizomining buzilishiga olib keladigan sabablar qatorida mehnatni tashkil etish va normalash darajasining pastligi, maishiy noqulayliklar, transport vositalari, tijorat korxonalari va bolalar muassasalari qoniqarsiz ishlashini ham
korsatish mumkin. Bundan tashqari shaxsiy uyushqoqlik, yurish-turishiga va qiladigan ishiga javobgarlik hissini sezdirmagan, tarbiya kormagan xodimlar ham uchraydi.
Mehnat intizomi buzilishi sabablarining tahlili bu intizomni mustahkamlash yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy yonalishlarini belgilashga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat intizomini saqlash va mustahkamlashda, odatda, uchta asosiy uslub qollaniladi. Bu uslublar tarbiyalash va ishontirish, halol va pokiza mehnat uchun ragbatlantirish, mehnatni ongli ravishda buzganlik uchun jazo choralaridir.
Demak, korxonalarda ongli intizomni tarbiyalash yuzasidan olib boriladigan ishning shakl va uslublari xilma-xil bolishi va ularning hammasidan tola foydalanish lozim. Bunda faqat jazo choralariga
tayanib ish korishga ham, intizombuzarlarga nisbatan tamomila liberallik korsatishga ham yol qoyish yaramaydi.
Tabiiyki, intizomni buzgan har bir shaxs oz qilmishi uchun malum mamuriy yoki ijtimoiy jazoga tortilishi lozim va yuqorida korsatilgan jazo choralaridan bazilarini ularga nisbatan tatbiq etish ham mumkin. Ammo talabchanlik orniga rahmsizlik ishlatilmasligi kerak. Ehtiyotsizlik bilan qollanilgan qattiq jazo choralari intzomni mustahkamlash ishiga zarar keltirishi ham mumkin, jazo choralari bilangina ish koradigan jamoalarda intizom pasayib ketishi ham mumkin, bu holat amaliyotda uchrab turadi. Undan tashqari, kuzatishlar shuni isbotlaydiki, ragbatlantirishlar natijasida mehnat intizomi jamoa choralari qollangandagina nisbatan ancha yaxshilangan.
Mamuriy omillar ham mehnat intizomini mustahkamlashda muhim orin tutadi. Mehnat intizomini mustahkamlashning mamuriy tadbirlari dastavval yuridik aktlarni oz ichiga oladi. 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan va 1996 yilning 1 aprelidan yuridik kuchga kirgan Ozbekiston Respublikasining yangi Mehnat Kodeksi asoslari xodim va xizmatchilarning mehnatini tartibga soluvchi asosiy normalarni belgilab beradi. SHu orinda takidlash joizki, «Mehnat Kodeksi»da XI bob «Mehnat intizomi»deb ataladi. SHu kodeksning 174-moddasida «Korxona mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qomitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlaydigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi» deyiladi.
Har bir ish beruvchi mehnat intizomini taminlash uchun zarur bolgan tashkiliy va
texnikaviy sharoitlarni yaratishi shart. CHunonchi, Mehnat Kodeksining «Mehnat intizomini taminlash» togrisidagi 179-moddasida korsatilganidek, «Mehnat intizomi halol mehnat uchun ragbatlantirish va mukofotlash usullari bilan normal tarzda ishlashga zarur tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish, noinsof xodimlarga nisbatan jazo choralarini qollanish orqali taminlanadi».
Do'stlaringiz bilan baham: |