2017-yil 21-fevraldagi
«O‗zbekiston Respublikasi sud tizimi
tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoni asosida amalgaoshirilmoqda. Mazkur farmon asosida
O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‗jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik,
jinoiy, ma‘muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona
oliy organi – O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‗zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay‘ati, O‗zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug
va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
tarkibidan O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‗tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Do'stlaringiz bilan baham: |