Dasturda respublikalar o‗z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish,
foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta‘kidlangan edi. Ammo
shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti
mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va
manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib
respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan O‗zbekiston, markaz loyihasini
qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi
natijasiz tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: