Ilmiy-tadqiqot faolligi darajasi ko‗rsatkichi mamlakat ilmiy-texnik
rivojlanishining asosiy ko‗rsatkichlaridan biri hisoblanadi hamda ilmiy manbalar
indeksi tizimiga kiritilgan tahrir qilinuvchi ilmiy jurnallar va nashrlarda chop qilingan
ilmiy-tadqiqot materiallarining umumiy soni sifatida hisob-kitob qilinadi. Dunyo
mamlakatlari ilmiy-tadqiqot faolligi ko‗rsatkichi har yili AQSH ning
«Science and Engineering Indicators» deb nomlanuvchi Milliy ilmiy fondining maxsus
hisobotida chop qilinadi.
2017-yilda O‗zbekiston dunyoning 195 mamlakati o‗rtasida
82-o‗rinni egalladi.