Biznes yuritish osonligi reytingi -
Doing Business reytingi kichik va o‗rta
biznes yuritish osonligi darajasini ifodalaydi. Hozirgi paytda bunda jami 11 indikator
baholanadi: yangi ishni tashkil qilish, qurilishga oid ruxsatnomalar olish,
elektroenergiyaga ulanish, mol-mulkni ro‗yxatdan o‗tkazish, kredit olish, minoritar
investorlarni himoyalash, soliqlarni to‗lash, transchegaraviy savdo, shartnomalarga
rioya qilish mexanizmlari, bankrotlik, shuningdek mehnat bozorini tartibga solish
osonligi. Doing Business -mamlakatlar investitsiyaviy iqlim holatini tavsiflovchi eng
ommaviy reytinglardan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |