2017-yil 29-sentyabrda
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining O‗zbekiston
Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish to‗g‗risidagi qarori qabul
qilindi. Qarorda tashqaridan kiritiladigan tovarlarga boj to‗lovlari o‗rtacha 14,5
foizdan 6,5 foizgacha tushirish ko‗zda tutilgan. Ma‘lumki, tashqi savdoni keyingi
erkinlashtirgunga qadar O‗zbekistonda noqishloq xo‗jalik mahsulotlariga import
stavkalari eng yuqori edi. Qishloq xo‗jalik mahsulotlariga esa yaqingacha import
bojlari boshqa hamkor mamlakatlarga nisbatan aksincha past edi. O‗tgan yil oktyabr
oyidan boshlab barcha tovarlarga bojxona import bojlari o‗rtacha 2,5 martaga
pasaytirildi.
Tashqi
savdoning
liberallashuvi
eksport-import
operatsiyalari
kuchayishiga, milliy iqtisodiyotning dunyo bozoridan o‗rin olishini osonlashtirishga,
asosiysi mamlakatimizning qo‗shimcha qiymat global zanjiriga integratsiyalashuviga
xizmat qilishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |